Ma’muriy özgarişlarga qadar Vazirlar Mahkamasi tizimiga 25 ta vazirlik va 61 ta idora (jami 86 ta davlat boşqaruvi organi) kirgan.

Özgarişlardan keyin esa Vazirlar Mahkamasi 21 ta vazirlik va 48 ta idoradan (jami 69 ta) iborat böldi. Davlat statistika qömitasi Statistika agentligi sifatida qayta taşkil etilib, hukumat tarkibidan çiqarildi va prezident huzuriga ötkazildi. Davlat organlari sonidagi qisqariş – 16 foiz.

69 ta vazirlik va idoradagi ştat birliklari 24 foizga qisqarib, xodimlarning umumiy çeklangan soni 56 573 nafar böladi (17 447 ta ştat yopiladi). Xususan, rahbar örinbosarlari soni 207 tadan 144 taga kamayadi. Nobudjet mablağlaridan qöşimça boşqaruv ştatlarini kiritiş taqiqlandi (işlab çiqariş ştatlarini taşkil etişga taqiq yöq).

Kun.uz özgarişlardan oldingi va keyingi vazirlik va idoralar röyxatini töliq holda, alifbo tartibida keltirib ötişga qaror qildi.

2023 yil 1 yanvargaça:

  1. Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
  2. Özbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga soliş hamda vinoçilikni rivojlantiriş agentligi
  3. Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi
  4. Özbekiston Respublikasi Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi
  5. Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
  6. Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi
  7. Özbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi
  8. Özbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qiliş inspeksiyasi
  9. Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi
  10. Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi
  11. Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasi
  12. Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi
  13. Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  14. Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi