26 yanvar, payşanba kuni Ukrainani qayta tiklaş böyiça Donorlarni muvofiqlaştiriş platformasi işga tuşdi. U xalqaro donorlarni xalqaro moliya institutlari bilan boğlaş uçun möljallangan bölib, Ukrainaga yordam «muvofiqlaştirilgan, oşkora va hisobdorlik tamoyillariga muvofiq» keladi», — deyiladi Yevropa komissiyasi saytidagi bayonotda.

Videokonferensiya orqali ötkazilgan platformaning birinçi yiğilişida Ukraina, Yevropa Ittifoqi, "katta yettilik" davlatlarining yuqori martabali amaldorlari, şuningdek, Yevropa investitsiya banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Xalqaro valuta jamğarmasi va Jahon banki kabi moliyaviy institutlar vakillari iştirok etdi. Keyinçalik, boşqa donorlar ham uşbu taşabbusga qöşilişlari mumkin, deya xabar berdi Bryusselda.

Donorlar platformasi yiğilişi, şuningdek, Lugano, Berlin va Parijdagi konferensiyalar natijalariga asoslanib, Ukrainaga qisqa muddatli va uzoq muddatli moliyaviy yordam körsatadigan barça asosiy iştirokçilar harakatlarini muvofiqlaştirişning kengroq jarayonini boşladi. Bu jarayon «ehtiyojlar va resurslar örtasidagi tafovutni bartaraf etişga» qaratilgan, deya ta’kidlaydi Yevropa komissiyasi.

Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi qayta quriş jarayonini qöllab-quvvatlaşda muhim rol öynaşda davom etiş niyatida ekanligiga işontirmoqda. Bryussel rasmiylarining ta’kidlaşiça, uning Yevropa Ittifoqiga nomzod sifatidagi maqomini hisobga olgan holda, «investitsiyalar islohotlar bilan birga borişi» kafolati kerak.

Umuman olganda, Yevropa Ittifoqi va uning alohida davlatlari, şuningdek, YeI moliyaviy institutlari Ukrainaga moliyaviy, budjet, favqulodda, gumanitar va harbiy yordam körinişida qariyb 49 milliard yevro ajratgan.