26 yanvar kuni Ohangaron va Parkent tumanlaridagi maişiy çiqindi poligonlarida hosil böladigan çiqindi gazini qayta işlaş hisobiga elektr energiyasi işlab çiqariş majmuasi qurilişiga tamal toşi qöyildi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi ma’lum qildi,
Çiqindi gazini qayta işlaş orqali 16 MVt.gaça elektr energiyasi işlab çiqarişga möljallangan loyiha qiymati 55 mln dollar bölib, u Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi töğridan töğri investitsiya mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.

Bu – yirik maişiy çiqindi poligonlarida hosil böladigan çiqindi gazini qayta işlaş hisobiga elektr energiyasi işlab çiqaradigan Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona stansiya böladi.
Kun.uz 2023 yilning yanvarida tamal doşi qöyilgan majmuani quriş böyiça kelişuvga 2018 yilda erişilganiga e’tibor qaratdi. Ma’lum bölişiça, bu loyiha hukumatning 2018 yil 3 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan.
2018 yil 14 sentabrda Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi va “Sejin G&E Co., Ltd” kompaniyasi örtasida tuzilgan investitsiya şartnomasiga köra, investor tomonidan Toşkent viloyatida xorijiy korxona taşkil etilişi, 2018–2020 yillar mobaynida 55 mln dollar miqdorida töğridan töğri investitsiya jalb etilişi belgilangan.
Loyiha doirasida Ohangaron tumanidagi “Ohangaron” va Parkent tumanidagi “Maydontol” maişiy çiqindilar poligonida hosil böladigan çiqindi gazidan (metandan) elektr energiyasi işlab çiqariş uçun 12 ta yangi zamonaviy generator va yordamçi uskunalar örnatilişi belgilangandi.
Hukumat qaroriga muvofiq, xorijiy korxona yuridik şaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk soliği, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş va obodonlaştiriş soliği, mikrofirma va kiçik korxonalar uçun belgilangan yagona soliq tölaşdan, şuningdek Respublika yöl jamğarmasiga majburiy ajratmalar tölaşdan ozod qilinişi belgilangan.











