AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp şanba kuni ilk saylovoldi mitinglarini ötkazmoqda, ikki oy oldin u davlat rahbari lavozimi uçun kuraşda qatnaşiş niyatini ma’lum qilgan edi. 

Associated Press xabariga köra, u har kuni ikkita mitingni rejalaştirgan. Hozirça Tramp öz partiyasidan prezidentlikka nomzod böliş uçun kuraşiş niyatini bildirgan yagona respublikaçidir.

Biroq yaqin oylarda uning jiddiy raqiblari paydo bölişi kutilmoqda. Masalan, saylov poygasida iştirok etiş qarorini Florida ştatining juda maşhur gubernatori Ron DeSantis e’lon qilişi mumkin.

AQŞ sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens va BMTdagi sobiq elçisi Nikki Xeyli ham praymerizda qatnaşiş imkoniyatini körib çiqmoqda. Boşqa respublikaçi siyosatçilar ham öz nomzodini ilgari surişi mumkin. 

Tramp 2020 yilgi prezidentlik saylovida ğalaba qozona olmadi va hozirgi davlat rahbari Jo Baydenga yutqazdi. Şu bilan birga, respublikaçi hamon ovoz beriş paytidagi qonunbuzarliklar uning ğalaba qozonişiga tösqinlik qilganini da’vo qilmoqda. Uşbu mağlubiyatga qaramay, Tramp bu yillar davomida Respublikaçilar partiyasining eng nufuzli vakili bölib qoldi. 

Vaziyat 2022 yil noyabrida, Tramp tomonidan qöllab-quvvatlangan qator siyosatçilar AQŞ Kongressiga saylovda ğalaba qozona olmaganida biroz özgardi. Natijada, respublikaçilar, köp prognozlardan farqli ölaroq, Senatda köpçilikni qölga kirita olmadilar va faqat katta qiyinçilik bilan Vakillar palatasida köpçilikni qölga kiritdilar. Öşanda AQŞdagi köplab ommaviy axborot vositalari aynan Tramp tufayli partiya işonçliroq ğalabaga erişa olmaganini taxmin qilgan edi. Sörovlar sobiq prezident reytingining pasayganini va aksinça, DeSantisning maşhurligi oşganini körsatdi. 

Biroq, sönggi haftalarda vaziyat özgara boşladi: Tramp, bir neçta sörovlarga köra, respublikaçi elektorat orasida maşhurlik böyiça DeSantisdan işonçli tarzda oldinda boryapti. 

AQŞda prezidentlik saylovi 2024 yilda bölib ötadi. Undan oldin demokratlar ham, respublikaçilar ham öz nomzodini tanlaşi kerak böladi.