Filippin qişloq xöjaligi departamenti ma’lumotlariga köra, mamlakatda qizil piyozning narxi bir kilogramm uçun 650 pesoga (taxminan 133 ming söm) yetgan. Bloomberg ma’lumotlariga köra, bu uni dunyodagi eng qimmat piyozga aylantiradi. Şu bilan birga, hukumat ma’lumotlariga köra, 2022 yilda Filippinda rekord darajadagi piyoz hosili olingan.
650 peso bölgan piyoz tovuq göştidan uç barobar, mol göştidan esa çorak baravar qimmat turadi.
2022 yilda Filippinda 238 ming tonna piyoz yiğib olindi, içki bozor talabi esa oyiga 20 ming tonnaga yaqin. Yanvar oyida Filippin prezidenti kenja Ferdinand Markos Qişloq xöjaligi departamentiga piyozni import qilişga ruxsat berişni buyurdi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi ortidan köplab mamlakatlarda kuzatilgani kabi Filippinda ham oziq-ovqat, yoqilği va öğitning narxi osmonga çiqib ketdi. Narxlar şu daraja oşdi-ki, hatto Philippine Air aviakompaniyasining bir neça styuardessasi Yaqin Şarq mamlakatlaridan oziq-ovqat olib kelayotganida uşlandi.
Hukumat narxlarning kötarilib ketişida «xasis savdogarlarni» ayblamoqda. Ular pişiqçilik davrida mahsulotlarni arzon narxda sotib olib, sun’iy tanqislikni yuzaga keltirib, narxlarning kötarilişga sababçi sifatida körilyapti. Prezident Markos vaziyatni «favqulodda holat» deb nomlagan.
Avvalroq Özbekistonda ham piyoz narxi oşib borayotgani, şundan söng uning eksporti vaqtinça çeklangani haqida xabar berildi. Qişloq xöjaligi vazirligi talabni qondiriş uçun zarur bölgan qöşimça 37,5 ming tonna piyozni 1 aprelga qadar içki bozorlarga kiritiş çora-tadbirlari belgilanganini ma’lum qildi.












