30 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:40 da Rossiyaning Azimut aviakompaniyasining Soçidan uçgan samolyoti «Buxoro» xalqaro aeroportiga kelib qöndi.
An’anaga köra, ekipaj va yölovçilar karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravişda kutib olindi.
Soçi — Buxoro — Soçi yönalişi böyiça charter reyslar Sukhoi Superjet 95 samolyotida haftada bir marta — yakşanba kunlari amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
Azimut aviakompaniyasi Mineralniye Vodidan Toşkent, Samarqand, Qarşi, Navoiy, Urganç, Buxoro xalqaro aeroportlariga, Farğona va Namanganga esa charter reyslarini amalga oşiradi. Bundan taşqari, Rossiya aviataşuvçisi Toşkent va Samarqandni Moskvaga muntazam qatnovlar bilan boğlagan.
Azimut — Rostov-Don va Krasnodarda joylaşgan Rossiya aviakompaniyasi.












