Bugun, 22 may kuni Toşkentda «MAKON Marketing Forum 2021» xalqaro biznes-forumi bölib ötdi. Unda Özbekiston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Gruziya ekspertlari öz şaxsiy tajribalari va biznes uçun murakkab vaqtda öz işlarini qanday rivojlantiriş böyiça maslahatlar bilan örtoqlaşdi.
«Forumning asosiy vazifasi – yilda bir marta real tajriba va bilimlarga ega mahalliy va xorijiy ma'ruzaçilar öz real keyslari, ötgan yildagi kuzatuvlarini bizning eng faol marketologlarimiz va tadbirkorlarimiz bilan baham körişlari uçun professional maydon yaratiş», – dedi Milliy marketing markazi raisi, forum taşkilotçisi Diyor Mirzaahmedov.
Forumda ma'ruzaçilar çiqişlari «MAKON Marketing» YouTube-kanali orqali jonli efirga uzatib borildi.
Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi va Milliy marketing markazi ötgan tadbir yakunida IV «2020 yil brendi» mukofoti ğoliblarini tantanali taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Törtinçi yildirki, Özbekiston bozoridagi muvaffaqiyatli marketingi uçun ötgan yil davomidagi eng faol kompaniya va taşkilotlar «Yil brendi» sovrini bilan taqdirlanib kelmoqda. Ğoliblar iste'molçilar va ekspertlar orasida töplangan ovozlar asosida aniqlanadi.
Kun.uz sayti törtinçi marta «Yangiliklar – internet saytlari» toifasida iste'molçilar talqiniga köra «Yil brendi» nominatsiyasida ğolib deb topildi.
Uşbu nominatsiyaning forum ekspertlari talqinidagi ğolibi deya Gazeta.uz sayti e'tirof etildi.
Ovozga qöyilgan brendlar 24 xil toifaga ajratilgan. Iste'molçilar örtasidagi ovoz beriş 16 apreldan 14 maygaça Telegram-botda ötkazilib, unda 200 mingdan ziyod iste'molçi qatnaşdi. Parallel ravişda Milliy marketing markazi hamkorlari va ekspertlari örtasida ötgan sörovda esa 160dan ziyod respondent iştirok etdi.
Özbekistonda 2020 yil brendlari
Energetik içimliklar
Iste'molçilar tanlovi: FLASH
Ekspertlar tanlovi: ADRENALIN RUSH
Şirin-gazlangan içimliklar
Iste'molçilar tanlovi: Coca Cola
Ekspertlar tanlovi: Coca Cola












