Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazorda 4 kishini pichoqlagan 20 yashar yigitga hukm o‘qildi
Sud tibbiy ekspertizasi jabrlanuvchilardan biri og‘ir, yana biri o‘rtacha og‘ir, ikki nafari esa yengil jarohatlar olgani haqida xulosa bergan.

Videodan kadr
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida qasddan badanga og‘ir, o‘rtacha og‘ir va yengil shikast yetkazgan 21 yoshli yigitga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
20 yashar sudlanuvchi avvaldan tanish bo‘lgan jabrlanuvchi bilan o‘zaro janjallashib qoladi. Kutilmaganda kelib tushgan mushtdan g‘azab otiga mingan yigit tanishining tanasining turli joylarini pichoq bilan jarohatlaydi.
Bundan tashqari, jabrlanuvchi bilan birga kelgan 21 va 23 yashar yigitlar, janjallashayotganlarni ajratishga uringan erkak ham pichoqlanadi. Shundan so‘ng jinoyatchi hodisa joyidan yashirinib, 4 kishiga jarohat yetkazishda ishlatilgan pichoqni Olmazor tumanidan oqib o‘tuvchi Achchi kanaliga otib yuboradi.
Sudya Zohiddin Nuriddinovning sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga tayanib ma’lum qilishicha, pichoqbozlik natijasida jabrlanuvchilardan biri og‘ir, yana biri o‘rtacha og‘ir, qolganlari esa yengil tan jarohat olgan.
Sudda sudlanuvchi aybiga to‘la iqror bo‘lgan. Sud hukmi bilan u 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
G‘azoda ocharchilik boshlanmoqda – IPC hisoboti
Jahon | 17:23
-
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45
-
Tramp endi Putin bilan suhbatlashishdan manfaatdor emasligini aytdi
Jahon | 16:37
Mavzuga oid

11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi

17:28 / 21.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni avtobusda ushlashgan. Hodisa tafsilotlari

16:23 / 17.04.2024
Toshkentda profilaktika inspektori mast erkak tomonidan pichoqlandi

15:36 / 25.05.2023