Rossiyalik biznesmen Roman Abramoviçga tegişli bölgan «Çelsi» futbol klubini sotişdan tuşgan 2,3 milliard funt sterling (taxminan 2,8 milliard dollar) Ukrainadagi uruş qurbonlarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga yönaltiriladi.
Buyuk Britaniya hukumati nomi oşkor etilmagan fondga mablağ ötkazişga yaqin turibdi, biroq bunga qadar u Yevropa Ittifoqining roziligini olişi kerak, deb yozdi The Telegraph.
Aniqlik kiritilişiça, mablağlar 8 oy davomida Abramoviçning bloklangan bank hisob raqamida saqlandi va bir neça hafta içida jamğarmaga ötkazib berilişi mumkin.
«Hukumatdagi manbalarning aytişiça, yangi jamğarma Xayriya komissiyasidan ruxsat oliş arafasida. Biroq, ular ham Yevropa Ittifoqidan «yaşil çiroq» olişi kerakligi aniq, çunki Abramoviç u yerda ham sanksiyalar ostida», deyiladi xabarda.
Roman Abramoviç va Buyuk Britaniya hukumati örtasidagi kelişuvga köra, jamğarmaga UNICEF UK sobiq ijroçi direktori Mayk Penrouz rahbarlik qiladi. 2022 yil davomida u Ukrainada bölib, jamğarma faoliyati uçun qonunçilik bazasini yaratişda iştirok etgan.
Roman Abramoviç «Çelsi»ni sotişdan tuşgan mablağni Ukrainadagi uruş jabrdiydalariga yordam jamğarmasiga yönaltirişi haqida 2022 yilning mart oyi boşidan ma’lum bölgan edi. May oyida Angliya Premer-ligasi «Çelsi»ni amerikalik tadbirkor Todd Bouliga sotişni ma’qullagan edi.













