Qöşma Ştatlar tomonidan Ukrainaga ajratilgan moliyaviy yordam notöğri işlatilmagan. Biroq, Vaşington korrupsiyaning oldini oliş uçun zarur bölgan kafolatlarni ta’minlaş maqsadida Kiyev bilan yaqin hamkorlikni davom ettiradi. 

Reuters agentligining yozişiça, AQŞ Moliya vazirligi şunday izoh bergan. Bu sönggi haftalarda Ukrainada avj olgan korrupsiya mojarolari fonida departamentning birinçi bayonotidir. 

«Bizda AQŞ mablağlari Ukrainada notöğri işlatilgani haqida heç qanday ma’lumot yöq. Biz Ukraina rasmiylarining AQŞ yordami közlangan manzilga yetib borişini ta’minlaş uçun tegişli kafolatlar beriş böyiça sa’y-harakatlarini olqişlaymiz», dedi ğaznaçilik vakili Megan Apper. 

Uning sözlariga köra, vazirlik Jahon banki bilan AQŞ moliyaviy yordamini kuzatib boriş böyiça hamkorlikni davom ettiradi. 

Ötgan haftalarda jurnalistik suriştiruvlar natijasida Ukrainada harbiy qismlar uçun generatorlar va oziq-ovqat sotib oliş böyiça korrupsion sxemalar foş qilingan edi. 

Harbiy xizmatga majbur amaldorlarning çet elga ketişi haqidagi ma’lumotlar ham katta rezonansga sabab böldi. Şundan söng Ukraina Vazirlar Mahkamasi tegişli taqiqni kiritdi, lekin ba’zi istisnolar bilan. 

Janjallar fonida lavozimdan çetlatiş tölqini kuzatildi. Ukraina Mudofaa vaziri örinbosari Vyaçeslav Şapovalov, Hududlarni rivojlantiriş vaziri örinbosari Vyaçeslav Negoda va 5 viloyat rahbari öz lavozimidan ayrildi. 

AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays bunga munosabat bildirib, Vaşington Zelenskiyning korrupsiyaga qarşi kuraşda «tezkor va qat’iy harakatini olqişlaydi» dedi.