Parlamentlararo aloqalarni kengaytiriş, siyosiy, savdo, sarmoyaviy, akademik, madaniy-gumanitar sohalarda ikki davlat darajasida hamda Missisipi, Texas va Nebraska ştatlari bilan muloqotni çuqurlaştirişga alohida e’tibor qaratildi.

AQŞ qonunçilari bu yil «Özbekiston böyiça kokus» a’zolari soni yangi saylangan kongressmenlar hisobiga köpayişiga işontirdi. «Biz uşbu guruhning hamraislari bölganimiz uçun Kongressdagi yangi döstlarimiz bilan uçraşganda ularni uşbu Kokusga qöşilişga taklif qilamiz», dedi Trent Kelli.

Uçraşuv çoğida «Özbekiston böyiça kokus»  rahbarlari respublikada amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, şuningdek, AQŞ bilan strategik va iqtisodiy şeriklik sezilarli darajada kengayayotganini e’tirof etib, mamlakatimiz mustaqilligi va suverenitetini qöllab-quvvatlovçi maxsus rezolyutsiya, şuningdek, respublikaga nisbatan «Jyekson-Venik» qöşimçalarini qöllaşni tugatiş töğrisidagi qonun loyihasi böyiça Kongressga takliflar kiritişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

«Özbekiston böyiça kokus» hamraislari va a’zolari Trent Kelli, Visente Gonsales va Don Bekon bilan muzokaralar yakunlari böyiça Özbekiston va AQŞ örtasida parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlaş, 2023 yilga möljallangan tadbirlarni amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişildi.

«Jyekson-Venik tuzatişi» (Jackson–Vanik amendment) – 1974 yilda kongressmenlar Genri Jyekson va Çarlz Venik tomonidan AQŞning «Savdo töğrisida»gi qonuniga kiritilgan özgartiriş. 

Unga köra, immigratsiyaga oid va boşqa turdagi inson huquqlarini qöpol ravişda buzib kelayotgan asosan kommunistik blok davlatlariga nisbatan diskriminatsion tarif va bojlar joriy etiş nazarda tutilgan. 2000-2012 yillarda bu çeklovdan Qirğiziston, Gruziya, Ukraina, Armaniston, Moldova va Rossiya çiqarib taşlangan.