2023 yil 30 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Olmazor tuman sudi 21 yoşli Sardor Rahmonqulovni diniy naşidani öz sinfdoşiga yuborgani uçun 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.
Birinçi instansiya sudining hukmida yozilişiça, fuqaro özining mobil telefonidagi Telegram ilovasida bot orqali yuklab olgan diniy naşidani 2020 yil noyabr oyida sinfdoşiga yuborgan. 2022 yil 5 iyun kuni fuqaroning uyida tintuv ötkazgan IIB xodimlari rasmiylaştirib olgan mobil qurilmada uşbu naşida topilgan.
Din işlari böyiça qömitaning 2022 yil 18 iyuldagi xulosasiga köra, bu diniy qöşiq aqidaparastlik ğoyasi bilan yöğrilgan; uni Özbekistonga olib kiriş, tayyorlaş va tarqatiş taqiqlangan.
Sardor Rahmonqulovga nisbatan 2022 yil 21 iyulda qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan hamda fuqaro 6 oydan köproq muddatda (tergov jarayonida) qamoqda saqlangan.
Sud hujjatida yozilişiça, 30 yanvar kuni bölib ötgan sud jarayonida fuqaro öz aybiga qisman iqror bölgan va yengillik söragan.
Sudya Z.Nuriddinov Sardor Rahmonqulovni Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan.
Ayblanuvçining onasi S.Saidaliyevaning BBC Özbek xizmatiga ma’lum qilişiça, öğli sudda tergov jarayonida öziga qiynoqlar qöllanganini aytgan. Onaning sözlariga köra, sudya bu da’volarni e’tiborga olmagan.
Toşkent şahar sudlari matbuot xizmati bergan bayonotda esa sudlanuvçi sud majlisida dastlabki tergov jarayonida qiynoqqa solingani haqida körsatma bermagani va vajlar keltirmagani aytiladi.
Rahmonqulov qamoqqa olingunga qadar SMM menejyer bölib işlagan; Toşkent davlat texnika universitetida 4-kurs talabasi bölgan.
Yoş yigitning bitta diniy qöşiq uçun 5 yilga qamalişi ijtimoiy tarmoqlarda keng noroziliklarga










