Joriy yil 1 fevralidan Özbekistondan Afğonistonga temiryöl qatnovi vaqtinça töxtatildi. «Özbekiston temiryöllari» bunga ikki davlat örtasida tuzilgan şartnoma öz vaqtida bajarilmagani sabab bölganini ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, 2022 yil 26-30 dekabr kunlari Termiz şahrida ötkazilgan ikki tomonlama muzokaralar davomida 2023 yil 1 fevraliga qadar Afğoniston hududidagi texnik işlar bosqiçma-bosqiç Afğon temiryöllari işçilari tomonidan amalga oşirilişi böyiça «Harakatlar rejasi»ga kelişilgan.

Şuningdek, «Özbekiston temiryöllari» tarkibiga kiruvçi «Söğdiyona Trans» ŞK va Afğoniston temiryöl boşqarmasi örtasida tomonlar bajaradigan işlar röyxati belgilangan va 27 yanvarga qadar yangi şartnoma imzolanişi közda tutilgan. Biroq Afğoniston temiryöl boşqarmasi kelişilgan çora-tadbirlarni öz vaqtida amalga oşira olmayotgani sababli 1 fevraldan qatnovlar vaqtinça töxtatilgan.

«Özbekiston temiryöllari» holat yuzasidan qöşimça ma’lumot berişiça, yangi şartnoma şartlari Afğoniston temiryöllari boşqarmasi rahbari tomonidan yangidan şarhlanişi va mahalliy OAVda Özbekiston tomonini ayblaşga harakat qilinayotgani tuşunarsiz vaziyatni yuzaga keltirmoqda.

«Afğoniston tomonidan Hayraton stansiyasida amalga oşirilişi lozim bölgan texnik işlar belgilangan muddatda bajarilmagani töğrisida heç qanday tuşuntiriş berilmayapti.

Hayraton stansiyasiga yetkazib berilgan vagonlarni böşatiş va qaytariş işlarini taşkil etiş uçun Afğoniston temiryöl boşqarmasi «Mansur Fatih» kompaniyasi bilan şartnoma imzolagani töğrisida ma’lumot tarqatilgan. Uşbu taşkilot stansiyada kelişilgan muddatda işlarni taşkillaştirişga ulgurmagan», deyiladi «Özbekiston temiryöllari» bayonotida.

«Hayraton – Mozori-Şarif» temiryöl liniyasi haqida

Uzunligi 75 km, loyiha qiymati 129 mln dollar bölgan «Hayraton – Mozori-Şarif» temiryöli «Özbekiston temiryöllari» tomonidan 2010 yil noyabr oyida qurib bitkazilgan. Uni boşqariş va texnik xizmat körsatiş işlarini 2011 yil dekabridan beri «Özbekiston temiryöllari» AJ şu’ba korxonasi «Söğdiyona Trans» amalga oşirib kelmoqda. Ötgan 12 yil davomida Afğoniston temiryöllari loyihadan 315 mln dollar qiymatida daromad olgan. Bundan taşqari, uşbu temiryöl liniyasi orqali Afğonistonga bir neça ming tonnalab gumanitar yordam, oziq-ovqat, neft, buğdoy, metall va xalq ehtiyoji uçun boşqa zarur tovarlar va sanoat mahsulotlari yetkazib berilgan.