Bu safar “Manzil” jamoasi Andijon viloyatining Imom ota qişloğiga yöl oldi. Qişloq Xöjaobod tumanida, Toş ota qişloğidan unça uzoq bölmagan yerda joylaşgan.

Imom ota – özining özgarmas musaffo tabiati bilan maşhur. U Qirtoştoğning gözal toğlari va tepaliklari bilan öralgan. Butun qişloq böylab kiçik daryo oqib ötadi va uning manbalari Çilustun tizmasi etaklaridagi buloqdan boşlanadi.

Buloqdagi suv şifobaxş xususiyatlarga ega, ta’mi esa ozgina şör. Kunlar isiganda yaqin-atrofda yam-yaşil, gullarga burkangan Xöjaobod tumanidagi toğlarning pastak çöqqilarini köriş mumkin.

Bu ekoburçakdagi havo şaffof, toğ havosining organizmga terapevtik ta’siri isbotlangan, bronxlar va öpkalarni tozalovçi xususiyatga ega.

Qişloq atrofidagi toğlarda insonlar tubiga yetib bormagan ğorlar bor.

Ajoyib maskan haqida körsatuvni tomoşa qilib köproq ma’lumot olasiz. Aytişadi-ku, ming marta eşitgandan bir marta körgan yaxşi.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus