Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrining Sergeli tumanidagi Ezgulik mahallasida bölib, aholi hayoti bilan tanişdi.

Bu yerda 26 ta köp qavatli uy bor, 6 mingdan ziyod aholi yaşaydi. 

Prezident mahalla vakillaridan hol-ahvol söradi. Nuroniylar ötgan sovuq kunlarda xalqimizning va davlat idoralari xizmatçilarining birligi bilan qiyinçilik ortda qoldirilganini aytişdi. Energetika va kommunal xizmatlar 24 soat davomida işlagan, tezkor çoralar körib borilgan. Xususan, mahalladagi transformator ham yangilangan.

«Bu bizga saboq bölişi kerak. Energetikada 3-4 karra köproq zaxira yaratişimiz zarur. Şuning uçun qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantirişga e’tibor beryapmiz. U - muqobil, işonçli va ekologik toza», dedi davlat rahbari.

Mahallalardagi ustuvor vazifa aholi bandligi va yoşlar tarbiyasi ekani ta’kidlandi. Şu bois ham bu yil yurtimizda «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilindi. Öquvçilar maktabda ikkita xorijiy til va bitta kasb örganib çiqişi uçun şaroit yaratilmoqda. Xalqimiz bu harakatni qöllab-quvvatlamoqda.

Nuroniylar yurtimizga tinçlik-xotirjamlik, xalqimizga farovonlik tilab duo qildi.