Ukraina davlati rahbari Berlinning Leopard jangovar tanklarini Kiyevga topşirişga ruxsat berganini ta’kidlab, «yaqinda qabul qilingan qarorlar uçun» minnatdorçilik bildirdi. 

Tanklar böyiça qarorlar va yevropalik hamkorlarning Ukraina Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikdagi taşabbusi «bizga ustunlik emas, balki jang maydonida tenglik berişi mumkin», dedi Zelenskiy. 

Bu tank koalitsiyasi jihozlarining vaqti, miqdori va zamonaviyligiga boğliq, deya qöşimça qildi u.

Germaniya hukumati Leopard 2 asosiy jangovar tanklarini Kiyevga topşirişga qaror qildi, çunki Ukraina Rossiya agressiyasiga qarşi uruşda qöllab-quvvatlanişi kerak va «bu masalada şunçaki muqobil variant yöq», deb ma’lum qilgandi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius. 

Uning ta’kidlaşiça, Ukrainaga tanklar yetkazib berilişi Germaniyani uruş qatnaşçisiga aylantirmaydi. Barça ittifoqçilar, jumladan, «amerikalik döstlar ham» birgalikda harakat qilyapti, Germaniya öz qarorida yolğiz emas va şuning uçun Rossiya prezidenti Vladimir Putinning asosiy raqibi emas, dedi Pistorius.

Mudofaa vazirligi rahbari, şuningdek, Ukrainaga zirhli texnika jönatgandan söng, Bundesver zaxiralarini tezda töldiriş niyatida ekanini aytdi. Kelgusi haftada Germaniya mudofaa sanoati vakillari bilan muzokaralar ötkaziş rejalaştirilgan. «Biz hozir zaxiralarni tez töldiriş uçun qölimizdan kelganini qilmoqdamiz», deb işontirdi vazir.