«Özavtosanoat» AJ rekord darajadagi muddat, ya’ni 10 oy içida qurilib, foydalanişga topşirilgan mazkur quyuv zavodining umumiy maydoni 9,1 gektar bölib, şundan, işlab çiqariş hududi 27,1 ming m² ni taşkil etadi. Quriliş uçun ajratilgan tekis yer uçastkasi örnida qisqa fursat içida 18 ming tonna mahsulot işlab çiqariş quvvatiga ega hamda bir vaqtning özida 12 tonna metallni eritişda yuqori samara beruvçi agregatlar bilan ta’minlangan zamonaviy zavod qad rostladi. 

Zamonaviy asbob-uskunalar, malakali mutaxassislar hamda metallni töliq siklda qayta işlaş. Ayni tamoyillar xomaşyoning qöşilgan qiymatli tayyor mahsulotga aylantiriş hajmini 8-10 barobarga oşiriş imkoniyatini beradi. Masalan, tonnasi 370 dollar bölgan xomaşyo quyuv hamda qayta işlaş jarayonida 3700 dollargaça bölgan mahsulotga aylanadi. 

Xomaşyo
Xomaşyoni yuqori qöşimça qiymatga ega qismlarga qayta işlaş sikli

Korxonada yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlarning yangi turlarini özlaştiriş maqsadida, metallni qayta işlaşda muhim bölgan barça bosqiçlar jumladan, eritiş, quyiş, qoliplaş va yuqori aniqlikdagi mexanik işlov beriş jarayonida zaruriy bölgan ilğor, sönggi rusumdagi texnika hamda texnologiyalar jalb etildi. Buning uçun zavodda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQŞ, Turkiya, Koreya va boşqa rivojlangan mamlakatlardan keltirilgan uskunalar bilan jihozlangan törtta sex taşkil etildi.

Metallni eritiş sexi

Metall eritiş sexi soatiga 12 tonna suyuq metall eritiş imkoniyatiga ega 4ta induksion peçni öz içiga olgan 2 ta eritiş tizimi bilan jihozlangan. Uşbu sexda qöllanadigan yuqori samarali POWER SHARING metall eritiş tizimi, energiya sarfini kam sarflovçi eritiş peçlari hisobiga (488 kVt*soat/t) 20% gaça tejaş imkonini beradi.

Qumdan qolip işlab çiqariş sexi

Işlab çiqariş jarayoni 1,2 mln donagaça qolip işlab çiqariş quvvatiga ega bölgan mayda va 2 tonnagaça oğirlikdagi yirik hajmli detallar quyiş uçun möljallangan qumdan qolip işlab çiqariş sexini öz içiga oladi. Tsex qumni termik usulda qayta tiklaş uskunasi bilan jihozlangan bölib, u nafaqat xarajatlarni balki, yiliga 3000 tonnagaça quyma qumni qayta işlaş orqali atrof-muhitga ta’sirini kamaytiradi. Örnatilgan avtomatik qoliplaş liniyasi bugungi kunda mazkur yönaliş MDHda eng tezkor işlovçi liniya sanaladi.