Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orol qurigan tubida 100 ming gektar maydonda «yashil qoplamalar» barpo etiladi
Orol dengizining suvi qurigan tubida 2023 yilda 100 ming gektar maydonda «yashil qoplamalar» - himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi, buning uchun 25 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati rahbari Otabek Ashurov ma’lum qildi.
Jami 590,3 tonna, shundan 391 tonna cho‘l o‘simliklarining urug‘lari jamg‘arilgan, 100 gektar saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklaridan niholxonalar tashkil etilgan, 635 nafar ishchi-xodim, 250 dona yuqori unumli traktor va 2 dona kichik aviatsiya (AN-2) jalb etilgan.
Ushbu barpo etilgan «yashil qoplamalar» soha olimlari tomonidan doimiy monitoring qilinib, cho‘l o‘simliklarining ko‘karishi bo‘yicha yaxshi natijalarga erishilmoqda, deyiladi ma’lumotda.
Ma’lum qilinishicha, Orol dengizining qurigan tubida 2022 yilda 107 ming gektar maydonda saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklaridan «yashil qoplamalar» barpo etilgan.
Mavzuga oid
11:22 / 11.05.2026
Orolqumda 2 mln gektarlik o‘rmon yaratiladi
22:09 / 22.04.2026
Shavkat Mirziyoyev 2027–2029 yillarda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi prezidenti etib saylandi
20:19 / 22.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari kengashida ishtirok etdi
21:45 / 20.04.2026