«Diqqat! Okkupantlar zarba berişmoqda», deb yozgan u Telegram'da. Sinegubov aholini boşpanalarda qolişga çaqirgan. 

Xarkiv viloyatida havo ogohlantirişi e’lon qilindi. Xarkiv meri Igor Terexov şaharda oltita portlaş sodir bölganini ma’lum qilmoqda. 

Uning sözlariga köra, şaharning Kiyev tumanidagi sanoat obektiga uyuştirilgan hujumlar haqidagi ma’lumotlar tasdiqlangan, şuningdek, raketa zarbasi berilgan obektlardan birida yonğin sodir bölganligi haqida ham ma’lumotlar bor.

5 fevral tongida ham Xarkiv markaziga raketalar uçib kelgandi. Rossiyaliklar zarbasi oqibatida beş kişi yaralangan. 

Şahar meri Igor Terexov ma’lumotiga köra, şaharning Kiyev rayoniga S-300 tizimining ikki raketasi yöllangan. Ulardan biri Şahar xöjaligi milliy universiteti boş korpusining yuqori qavatiga urilgan. Ikkinçi raketa unga yaqin joylaşgan tört qavatli uyga qulagan, jami beş kişi yaralangan. 

Şahar meri Xarkivning bu rayoniga harbiylar joylaştirilmaganini ma’lum qilgan.