Moskva şahrining Domodedovo aeroportida bojxonaçilar Özbekiston fuqarosini Şveytsariya franki bilan qölga oldi. Bu haqda Federal bojxona xizmati Lenta naşriga ma’lum qildi.
Agentlik ma’lumotlariga köra, yölovçi Turkiyaga uçmoqçi bölgan. U bojxonaçilarga bor-yöği 10 ming frank olib ketayotganini aytgan. Ammo kurtkasidan 111 ming frank topilgan. Bundan taşqari, boşqa kiyimlarning çöntagidan yana 80 ming frank topilgan. Hammasi bölib, bu taxminan 2,5 mlrd söm.
Hozirda jinoiy iş qözğatiş masalasi hal qilinmoqda. Erkak tört yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.












