Toşkent şahridagi Qöyliq dehqon bozori atrofidagi tirbandliklarning oldini oliş va Farğona yöli köçasini Bektemir şossesi bilan boğlovçi yölötkazgiç quriş hamda yöl-ta’mirlaş işlari olib borilayotganligi sababli 10 fevraldan boşlab, bir qança avtobus va yönalişli taksilarning qatnovi uzaytiriladi.
Jumladan, Qöyliq dehqon bozori orqali harakatlanuvçi 39-, 45-, 110-, 122-, 130-sonli avtobus yönalişlari va 8I, 9I, 25M, 61M, 55M, 73M, 99M, 170M, 191M, 195M yönalişli taksilar harakati Food City savdo majmuasi avtoşohbekatigaça uzaytiriladi.
Bundan taşqari, Food City savdo majmuasi ma’muriyati tomonidan yölovçilarga qöşimça qulayliklar yaratiş maqsadida, Food City - Qöyliq 7-metro bekati yönalişida harakatlanuvçi 6 ta jadval asosida bepul avtobus yönalişi harakati yölga qöyiladi.

















