Sun’iy intellekt elementlariga ega Bard çat-botining xatosi tufayli Google’ga egalik qiluvçi Alphabet kompaniyasi aksiyalari qiymati qariyb 8 foizga tuşib ketdi va kapitallaşuvning deyarli 100 milliard dollarga kamayişiga olib keldi.
Reuters xabariga köra, 8 fevral kuni Nyu-York fond birjasidagi kunlik savdolarda aksiya narxi 99,37 dollargaça pasaygan.
Bunga Google kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan Bard çat-boti soxta kaşfiyotni «Jyeyms Uebb» teleskopi bilan boğlagani sabab bölgani aytilmoqda. Yangi sun’iy intellekt çat-botining jonli namoyişi paytida unga «Töqqiz yoşli bolamga «Jyeyms Uebb»ning qanday yangi kaşfiyotlari haqida aytib bera olaman?» degan savol berilgan. Bot uçta misol keltirgan, ularning ikkitasi töğri, bittasi notöğri bölgan. Notöğri javob tariqasida uşbu teleskop quyoş tizimidan taşqaridagi ekzosayyoralar yoki sayyoralarning birinçi suratlarini olgani aytilgan.
NASA ma’lumotlariga köra, ekzosayyoralarning haqiqiy birinçi suratlari ança oldin, 2004 yilda olingan. Rasm muallifi esa Yevropa janubiy observatoriyasining Juda katta teleskopi (Very Large Telescope yoki VLT) edi.
Agentlik bot xatosini Google kompaniyasining OpenAI va uning ChatGPT kabi boti bilan raqobati fonida loyihani taqdim etişga şoşayotgani bilan izohlagan.
Avvalroq, Bard xizmati Google kompaniyasining öziga xos til modeli bölgan LaMDA asosida yaratilgani haqida xabar qilingandi. Bir vaqtning özida ChatGPT boti Microsoft kompaniyasining Bing qidiruv tizimiga integratsiya etilişi e’lon qilindi.












