Özbekiston va Afğoniston temiryöllari örtasida yuklar taşuvi tiklandi. Bu haqda Özbekiston temiryöllari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 8-10 fevral kunlari Termiz şahrida Afğoniston temiryöllari boşqarmasi rahbari Bayturrahmon Şarofat boşçiligidagi afğon delegatsiyasi bilan uçraşuv ötkazildi.

Uçraşuv natijasida Afğoniston temiryöl boşqarmasi va «Söğdiyona Trans» ŞK örtasida «Hayraton – Mozori-Şarif» temiryölini ekspluatatsiya qilişni kelgusida davom ettiriş böyiça yangi şartnoma imzolaşga kelişildi.

Şu bilan birga, tomonlarning kelişuviga köra, Afğoniston tomoniga yönaltirilgan vagonlarni «Özbekiston temiryöllari» AJning «Söğdiyona Trans» ŞK tomonidan Hayraton stansiyasiga yetkazib beriş joriy yilning 10 fevralidan qayta tiklandi.

Muzokaralar yakunida erişilgan kelişuvlar böyiça bayonnoma imzolandi.

Joriy yil 1 fevralidan Özbekistondan Afğonistonga temiryöl qatnovi vaqtinça töxtatilgandi. «Özbekiston temiryöllari» bunga ikki davlat örtasida tuzilgan şartnoma öz vaqtida bajarilmagani sabab bölganini ma’lum qildi.

Uzunligi 75 km, loyiha qiymati 129 mln dollar bölgan «Hayraton – Mozori-Şarif» temiryöli «Özbekiston temiryöllari» tomonidan 2010 yil noyabr oyida qurib bitkazilgan. Uni boşqariş va texnik xizmat körsatiş işlarini 2011 yil dekabridan beri «Özbekiston temiryöllari» AJ şu’ba korxonasi «Söğdiyona Trans» amalga oşirib kelmoqda. 

Ötgan 12 yil davomida Afğoniston temiryöllari loyihadan 315 mln dollar qiymatida daromad olgan. Bundan taşqari, uşbu temiryöl liniyasi orqali Afğonistonga bir neça ming tonnalab gumanitar yordam, oziq-ovqat, neft, buğdoy, metall va xalq ehtiyoji uçun boşqa zarur tovarlar va sanoat mahsulotlari yetkazib berilgan.