Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni Jizzax viloyatida sanoatni rivojlantiriş va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini köpaytiriş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.

Davlat rahbari 2023 yilda viloyat sanoatini 14 foizga oşiriş imkoniyati borligini ta’kidladi. Buning uçun 750 million dollarlik 10 ta yirik loyiha va 580 million dollarlik 110 ta hududiy sanoat loyihasi bajarilişi, 7 ming 500 ta yangi iş örinlari yaratilişi, kelgusi ikki yilda Jizzaxda avtomobilsozlik va metallurgiya sohalarida yirik loyihalar işga tuşirilişi qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yiğilişda Jizzaxda eng tez ösayotgan sanoat tarmoği quriliş va energiya tejamkor materiallar işlab çiqariş ekani, bazalt zaxirasi 26 million tonna bölib, respublikadagi jami zaxiraning 25 foizini taşkil etişi aytildi. Şu bilan birga, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Zomin, Zarbdor, Zafarobod, Foriş va Yangiobodda bazalt, sement, keramzit, şişa va mineral xomaşyo zaxirasiga boy 200 ga yaqin konlar borligi ma’lum qilindi. Prezident ularga tadbirkorlarni jalb qilib, bozorbop mahsulotlar tayyorlaşni yölga qöyiş zarurligini ta’kidladi.

2023 yilda quriliş materiallari böyiça 460 million dollarlik 31 ta loyihani işga tuşiriş vazifasi qöyildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yiğilişda energetika ta’minotini yaxşilaş masalasiga ham e’tibor qaratildi. Jumladan, Ğallaorolda Birlaşgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi 200 million dollar töğridan-töğri investitsiyasi hisobidan, 220 Megavattli yirik quyoş stansiyasi işga tuşirişi, natijada, 2024 yilda bu stansiya töliq quvvatga çiqib, 500 million kilovatt soat elektr olinişi va viloyat ehtiyojining 20 foizini qoplaşi ta’kidlandi.

Zafarobodda bu yil jami 2 Megavattli 2 ta kiçik GES qurilişi, Osiyo taraqqiyot banki bilan birga, Forişda 150 Megavattli yirik quyoş stansiyasi loyihasi boşlanişi, Jizzax şahrida issiqlik va elektr energiyasi işlab çiqaruvçi kogeneratsiya markazi qurilişi ma’lum qilindi.