AQŞ Boks federatsiyasi (USA Boxing) rossiyaliklarning öz davlat bayroği ostida jahon çempionatida iştirok etişiga ruxsat berilganiga salbiy munosabat bildirdi. Amerikalik boksçilar erkaklar va ayollar örtasidagi jahon çempionatida iştirok etişdan boş tortdi. 

USA Boxing bayonotiga köra, Xalqaro boks assotsiatsiyasining (IBA) pozitsiyasi nafaqat Xalqaro olimpiya qömitasining (XOQ) Rossiya va Belarus bayroqlaridan sport musobaqalarida foydalanişni taqiqlovçi sanksiyalarini, balki adolatli öyin va şaffoflik tamoyillarini ham buzadi. 

Bundan taşqari, USA Boxing jahon çempionatini boykot qiliş qaroriga ta’sir etgan boşqa sabablarni ham keltiradi. Ular orasida IBA moliyaviy boşqaruvi şaffof emasligi va sanksiyalar ostidagi kompaniyalarga qaramligi ham bor. 

Boks böyiça ayollar örtasidagi jahon çempionati 2023 yilning mart oyida Hindiston poytaxti Dehli şahrida, erkaklar örtasidagi jahon çempionati may oyida Toşkentda bölib ötadi. 

2022 yil fevral oyida XOQ Ukrainada boşlangan uruş tufayli xalqaro sport federatsiyalariga rossiyalik va belarusliklarni musobaqalardan çetlatişni tavsiya qildi. Aksariyat federatsiyalar, jumladan, IBA ham XOQ tavsiyalariga amal qildi. 

Biroq oktyabr oyida IBA direktorlar kengaşi Rossiya va Belarus boksçilarining öz şafeligidagi musobaqalarga kiritilişiga qöyilgan taqiqni bekor qildi. IBA qaroriga köra, rossiyalik va belaruslik boksçilar öz bayroği va madhiyasi bilan çiqişadi. 

Qayd qiliş jiozki, IBA taşkilotiga rossiyalik Umar Kremlyov rahbarlik qilmoqda. Şuningdek, taşkilotga Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi homiylik qilyapti.