31 iyul kuni Toshkentdagi Driverʼs Village avtosalonida o‘zbek avtobozoridagi yangi avtobrendning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda kompaniyaning koreyalik hamkorlari ham ishtirok etishdi.
Toshkentdagi Driverʼs Village avtosaloni Koreyaning avtomobil ishlab chiqarishda yetakchilardan biri bo‘lgan: SsangYong kompaniyasi avtomobillari sotuvini boshladi.
Ayni paytda sotuvda Rexton premium ramali yo‘ltanlamasi, Musso pikapi, Korando, Torres va Tivoli avtomobillari bor.

“Bizning Rexton premium ramali yo‘ltanlamasi, Musso pikapi, Korando, Torres va Tivoli avtomobillarimiz, O‘zbekistondagi distribyutorimiz - Driverʼs Village kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotganidan juda xursandmiz. Driverʼs Village bizning haqiqiy hamkorimiz sifatida ajoyib yutuqlarga erisha oldi va brendimizning qo‘shni mamlakatlarda ham tanilishiga o‘zining katta hissasini qo‘shdi” – deydi Koreyaning SsangYong avtokonserni rahbari Le Yun Jaye.

Rexton- hashamat va kuch timsoli:
Ulug‘vor Rexton premium bilan hashamat va kuchning timsolini his etish mumkin. Ishonch bilan boshqaruvni qo‘lga olib, mashaqqatli masofani oson zabt eting va u taqdim etgan yuqori darajadagi qulaylikdan zavqlaning.

Musso - kuch va ko‘p qirralilik birlashgan:
Musso pikapida har qanday sarguzashtni osonlik va ko‘p qirralilik bilan qabul qiling. Sayohatlaringiz yanada qiziqarli va unutilmas bo‘lishi uchun Musso tengsiz hamroh bo‘la oladi.

Korando - dinamika va o‘zgacha uslub:
Zamonaviy Korando ta’sirchanlik nuqtai nazaridan har bir lahzaga jo‘shqinlik baxsh etadi. Undagi hashamatli dizayn va o‘zgacha interer bilan yo‘l bosish mashaqqat emas rohatga aylanadi. Dvigatelning silliq harakati xotirjamlik uchun garov hisoblanadi.
















