2023 yilgi Milliy Futbol Ligasi (NFL) çempionati finalida «Kanzas-Siti Çifs» jamoasi «Filadelfiya Iglz» klubini 38:35 hisobida mağlub etdi. Superkubok (Super Bowl) efiridagi 30 soniyalik reklama narxi esa 7 mln dollarga yetdi.
Uşbu öyin Amerikada eng köp teletomoşabin töplaydigan muhim media tadbirlaridan biri hisoblanadi. Unda amerikaça futbolning eng zör öyinçilaridan taşqari, şou-biznes olamining maşhurlari (bu gal Rianna) ham iştirok etadi. Superkubok NBC va Fox kompaniyalari tomonidan galma-gal translatsiya qilinadi.
Qayd qiliş joizki, Super Bowl öyinida reklama uçun 50 daqiqa ajratilgan. Reklama vaqtini 30 soniyadan boşqa formatlarda ham sotib oliş mumkin - 15, 45 soniya, 1 daqiqa va undan ortiq. 1 soniyaning öziga xos narxi buyurtmaning umumiy davomiyligiga boğliq. Taşkilotçilar reklamadan umumiy hisobda 700 mln dollar işlab olişi mumkin.
NFL finallarini translatsiya qiliş paytida 30 soniyalik reklamaning narxi AQŞ sport sanoatida eng köp kuzatiladigan körsatkiçlardan biridir. Superkubok birinçi marta ötkazilgan 1967 yilda 30 soniyalik reklama narxi 40 ming dollarga teng edi. 10 yil ötgaç, narx 125 ming dollarga yetdi. 1996 yilda qiymat 1 mln dollarga yetdi. 2017 yilda u 5 million dollarni taşkil etdi. 7 mln dollarlik hozirgi körsatkiç ham bu marrada uzoq vaqt uşlanib qolmasa kerak.












