Turkiyadagi zilzila oqibatida yuz bergan keng miqyosdagi vayrongarçiliklar yuzasidan boşlangan tergov harakatlari böyiça köplab quruvçi-pudratçilar hibsga olinmoqda. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Jumladan, Malatiya şahri prokuraturasi Qahramonmaraş şahrida sodir bölgan zilzila oqibatida keng kölamli vayronagarçiliklar böyiça tergov doirasida 31 kişining hibsga olinganini ma’lum qildi.

Prokuratura tomonidan aholi örtasida köplab qurbonlarga olib kelgan turar joy va boşqa obektlar qurilişidagi qonunbuzarliklar yuzasidan keng kölamli tekşiruv işlari boşlangan.

Şuningdek, Mersin viloyati, Odiyomon tumanidagi Besni şahrida zilzila oqibatida vayron bölgan 6 ta uyning pudratçi taşkiloti rahbari Şukru Işitmen hibsga olingan. Sönggi ma’lumotlarga köra, bu vayronalar ostida 123 nafar odam halok bölgan.

Bundan taşqari, Ğoziantep şahridagi zilzilada vayron bölgan 25 ta uy-joy quruvçi-pudratçilariga qarşi oçilgan jinoiy iş böyiça 9 kişi uşlangan. Sud ularning 5 nafarini hibsga oliş haqida qaror çiqargan.

Qayd qilinişiça, pudratçi taşkilotlarning rahbarlari va köplab xodimlari qidiruvga berilgan.

13 fevral holatiga Turkiyada yuz bergan dahşatli zilzila qurbonlari soni 31 mingdan, jarohatlanganlar soni 100 mingdan oşdi. Vayron bölgan şaharlarda qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda.