Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ötkazgan monitoring natijasida, joriy yil 10 fevral kuni Toşkent viloyati Bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi ötkazgan 796 million sömlik tibbiy asbob-uskunalar uçun davlat xaridida «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonunning 5 moddasi talablari buzilgani aniqlandi.

Agentlik xabariga köra, mazkur qonunning 10-moddasi (Raqobat va xolislik prinsipi), 23-moddasi (Xarid qiliş tartib-taomillari iştirokçisi), 14-moddasi (Manfaatlar töqnaşuvi), 42-moddasi (Iştirokçini xarid qiliş tartib-taomillarida iştirok etişdan çetlatiş şartlari) va 46-moddasi (Davlat xaridlari jarayonidagi çeklovlar) talablari buzilgan.

Davlat xaridlarida iştirok etgan talabgorlar yaqin qarindoş – aka-ukalarga tegişli bölgan, ya’ni özaro affillangan.

«Mazkur davlat xaridi böyiça Xarid komissiyasi tomonidan foydalangan kompyuterlarning IP-manzillari ma’lumoti örganilganda xarid komissiyasi raisi, a’zolari (ovoz berib baholaş vakolatiga ega) va komissiya kotibi tomonidan 2023 yil 10 fevral kuni soat 21:05 dan 21:11 gaça, ya’ni örtaça 6 daqiqa vaqt içida IP-manzili bir kişiga tegişli bölgan kompyuter orqali boşqarilib, xarid natijalari baholangani va bayonnoma rasmiylaştirilgani ma’lum böldi», – deyiladi aksilkorrupsion organ bayonotida.

Agentlik xarid komissiyasi bayonnomasini bekor qiliş töğrisida buyurtmaçiga taqdimnoma kiritgan. Şuningdek, çora köriş uçun töplangan hujjatlar Boş prokuraturaga yuborilgan. Holat böyiça xizmat tekşiruvi ötkaziş uçun Soğliqni saqlaş vazirligiga ham sörovnoma yuborilgan.

Toşkent viloyati Bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan 2023 yil 13 fevral kuni Agentlikka taqdim etilgan xatga köra, taqdimnomada qayd etilgan kamçiliklar bartaraf etilib, xarid komissiyasi bayonnomasi bekor qilingan.

Bayonotda qonun talablarini buzgan mansabdorlarga jazo çoralari qöllangani haqida ma’lumot berilmagan.