Yevropa parlamenti (YeP) nihoyat 2035 yildan boşlab içki yonuv dvigatelli yangi avtomobillar işlab çiqarişni taqiqlaşni ma’qulladi. 14 fevral, seşanba kuni Yevroparlament deputatlarining aksariyati 2035 yildan boşlab Yevropa Ittifoqida benzin va dizel dvigatelli avtomobillar sotilişini taqiqlaşni yoqlab ovoz berdi. Natijada, YeP va YeI davlatlari tomonidan 2022 yil oktabr oyida erişilgan kelişuv nihoyat tasdiqlandi.

Uşbu kelişuvga erişilgandan söng, uning har ikki tomondan yakuniy ma’qullanişi yetişmayotgan edi. Noyabr oyida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bunga ruxsat berdi, endi esa Yevropa parlamenti ham qöllab-quvvatladi. Qarorga köra, 2035 yildan boşlab Yevropa Ittifoqida faqat karbonat angidrid gazi çiqarmaydigan avtomobillar işlab çiqarilişi kerak.

Muzokaralardagi bahsli nuqtalardan biri uglerodsiz sintetik yonilği avtomobillari uçun istisno masalasi böldi. Uşbu elektr yonilğisi (E-Fuel) suv va karbonat angidriddan olingan elektr energiyasidan foydalangan holda işlab çiqariladi. Bu masalani Yevropa Komissiyasiga örganiş topşirildi. Germaniya hukumati Yevropa Ittifoqi darajasida qoidani ilgari surmoqda, unga köra, elektr yonilğiga boşidanoq taqiq qöyilmasligi kerak.

Hozirda Yevropa parlamenti tomonidan tasdiqlangan qoidalar Yevropa Ittifoqining 2030 yilgaça parnik gazlari çiqarilişini 55 foizga qisqartirişni maqsad qilgan Yevropa Ittifoqining «Fit for 55» yaşil rejalarining bir qismi sifatida kelişilgan.