Dilfuza Izbayeva Ustoz-2020 finalisti, Global Money Week 2022 doirasida eng yaxşi dars tanlovi sovrindori hisoblanadi. “Yil ayoli” tanlovining viloyat bosqiçi “Eng jonkuyar ustoz” nominatsiyasi ğolibi bölgan.

Dilfuza Izbayeva

“Furqat tumanining Navbahor qişloğida tuğilib ösganman. 1-maktabni tamomlab Qöqon davlat pedagogika institutining geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fakultetida tahsil oldim. 2005 yilda Farğona şahriga köçib keldik. 2006 yilda aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslaştirilgan maktab-internatiga öqituvçi bölib işga qabul qilindim. Ta’lim dargohida 15 yil işladim.

Farğona şahrida Prezident maktabi taşkil etilişi munosabati bilan e’lon qilingan tanlovdan muvaffaqiyatli ötib ayni paytda uşbu maskanda faoliyat yurityapman.

Oddiy maktab bilan Prezident maktabining farqi katta. Prezident maktabida bir sinfda 12 nafar öquvçi tahsil olsa, avvalgi işxonamda 30 öquvçiga dars ötganmiz. Öqituvçi öz ustida işlaşi va öz navbatida öquvçiga kerakli bilimni bera olişi şart.

Keçagidek yodimda, paxta terimiga boriş uçun röyxat şakllantirilar edi. Bir haftalik yuklarni tayyorlab olis tumanlarga borib paxta terar edik. Bundan taşqari bir paytlar Farğona şahrida “snos”lar boşlangan. Quriliş işlariga ham eng avvalo öqituvçilar kezi kelganda tekin işçi sifatida jalb qilingan.

Hozirgi davr bilan soliştiradigan bölsak bugungi kunga kelib hukumat tomonidan öqituvçilarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Endilikda har bir öqituvçining körsatayotgan natijasi munosib baholanmoqda.

Öquvçisining iste’dodini seziş, uni aniqlay oliş va uning qobiliyati, orzusini röyobga çiqariş albatta öqituvçining öziga boğliq. Prezident maktabida tahsil olayotgan öquvçilar minglab bolalar orasidan saralab olingan. Ularning orasida ham boşqalariga qaraganda yanada iqtidorlisi uçrab turadi. Ötgan yili öquvçim Jaloliddin Abdumöminov iqtisodiy bilim asoslari fanidan olimpiadada qatnaşib respublikada 3-örinni egalladi. Ana şunday iste’dodli öquvçilarni tarbiyalaş va töğri yölga yönaltiriş öqituvçining kasbiy mahoratiga ham boğliq.