«Toşkent-Öş» yölining Qamçiq dovonidan ötuvçi qismi 15 fevral kuni soat 22:40 lar atrofida qor köçişi xavfi tufayli transportlar harakati uçun vaqtinça yopilgandi. Keyinroq «Özgidromet» tungi soat 1:30 dan boşlab yölning 228−253 km qismida qor köçişi mumkinligidan ogohlantirdi.

«Özgidromet» xodimi Erkin Abdulahatov soat 1:40 lar atrofida yölning 239 km qismiga qor köçkilari tuşganini ma’lum qildi. Tongda esa köçki 234 km.da ham qayd etilgani ma’lum böldi.

Foto: t.me/uzb_meteo.

Özbekiston FVV ma’lumotiga köra, tunda favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qöldoşev dovonga borgan va qor köçkisidan ogohlantiriş hamda uning oqibatlarini bartaraf etiş işlariga boşçilik qilgan.

Xohlovçilar uçun esa dovonning özida isiniş nuqtalari ham taşkil etilgan.

Fuqarolarni manzillariga yetkaziş maqsadida Ohangaron va Angrendan Farğona vodiysi yönalişida qöşimça poyezdlar qatnovi amalga oşirilmoqda.

«Aholiga qulaylik yaratiş maqsadida vodiy viloyatlariga borişni rejalaştirgan yölovçilar uçun Angren hamda Ohangaron vokzallarida Ohangaron—Angren—Andijon qöşimça temiryöl reysi amalga oşirildi.

Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi hamkorlikdagi xizmatlar iştirokida yölovçilar öz manzillariga xavfsiz yetib olişlari ta’minlandi», deyiladi xabarda.