Ular haqida batafsil örganadigan va xalqqa ham örgatadiganlar, ularning ğoyalarini tarğib qiladiganlar, asl maqsadi nima bölganligini ommaga oçiqlaşga urinadiganlar hozir ham topiladi. Sözimiz isboti sifatida “Qörqma” asarini körsatişimiz mumkin.

Javlon Jovliyevning “Qörqma” romani ötgan asrning yigirmançi yillarida Germaniyada tahsil olgan va sobiq sovet ittifoqi tomonidan şafqatsizlarça qatl etilgan millat yigit-qizlarining xotirasiga bağişlanadi. Asarning öziga xosligi şundaki, avvalo yoziliş uslubi e’tiborni tortadi. Kitobxon romanni öqirkan, bir vaqtning özida ikki davr keçmişlari, voqealari, qahramonlari bilan töqnaşadi. U davrdan bu davrga sakrab yuradi. Ammo bu sakraş öquvçiga heç qanday noqulaylik tuğdirmaydi. Aksinça oraliğida 100 yillik farq bölgan ikki zamonni taqqoslaş, farqlaş imkoniyatiga ega böladi. Xöş, öquvçi bu taqqoslov orqali nimalarni bilib oladi?

Yigirmançi asrning yigirmançi yillarida özbek millati sovetlarga qaram bölgan. Öz yurtida mavjud oliy ta’lim dargohlarida öqiy olmagan. Öqiy olganlari esa butkul sovetça prinsiplar asosida tarbiyalanadi. “Qizilboğiç”larga aylanişadi. Qizillaşadi. Öqişga iştiyoq bilan emas, qörquv, qullik, hadik hislari bilan yöl oladi. Ammo şunday tahlikali davrda ham 70 nafar mard, 70 otaş, 70 millatparvar topilgan xalqda Çölpon, Fitrat kabi fidoyi ustozlar mavjud bölgan. Öqiş uçun, bölajak avlodning yuksalişi uçun, millatga “toza havo” uçun tilançilik qiladiganlar, rizqining bir uçidan uzib bera oladiganlar çiqqan. 

70 umidvor berlinliklardan-da köproq mehnat qilgan. Ular faqat şonli tariximiz, daho ajdodlarimizla faxrlanib yuriş bilan çeklanişni istaşmagan. Ular endi daho avlodlarga poydevor bölişni közlaşgan. Haq sözni ayta olişgan, tahdid-u yolğonlarga xato ketsa-da, bir öq uza olişgan. Öz yurtida ajalni körib turişsa ham, olğa borişni eplaşgan. 

Javlon Jovliyev

Xöş hozir-çi? Hozir ham topiladimi şundaylar? 70 nafar bölmasin mayli. 7 nafar bölsa-da, çiqadimi mana, menman, deb? Asar qahramoni ham xuddi şu savollarga javob izlaydi. 

Bundan 100 yil ilgari sovetlarga qaram bölgan xalq hozirda öz nafsiga kuçi yetmay, çuvalaşib yotganini körgan qahramon bözlaydi. Ilgari qullik töşagida qörquv va xoinlik işqidan tuğilgan avlod bölgan bölsa, hozir nafsning nahs körpasida xudbinlik va şaytoniy kelajak yuzaga kelyapti. Hozir Çölpon va Fitratlar emas, “Uluğ kursdoş”lar talabalar qoşida “parvona”. Hozir Xayriniso Majidxonovalar örnini qaysidir mansabdor bilan ötkazgan keçalaridan birida bölib qolgan bolasini qanday yöqotişni öylab yurgan, joy topolmay, hojatxona-yu, axlat idişlarda qoldirib ketayotgan talaba qizlar egallagan.