Rossiya moliya vazirligi valuta hisob-kitoblarida «döstona» davlatlarning (ular safida Özbekiston ham bor) tölov tizimlaridan foydalanişga ruxsat beriş imkoniyatini körib çiqmoqda.
«Vedomosti» naşrining yozişiça, Rossiyada tijorat maqsadlarida xorijiy elektron hamyonlardan foydalaniş 2021 yildan buyon taqiqlangan. Moliya vazirligi endi rezidentlarga hisobvaraq oçmasdan norezidentlar, yuridik va jismoniy şaxslarga valuta ötkaziş imkoniyatini taklif etmoqçi.
Vazirlik bu borada hattoki Rossiyaning yirik biznes vakillari örtasida sörovnoma ham ötkazgan.
Gazeta ma’lumotlariga köra, taklif Moliya vazirligi moliya siyosati departamenti direktori Ivan Çebeskov tomonidan tarqatilgan. Xatga «döstona» davlatlarning xorijiy provayderlariga tegişli elektron tölov vositalari orqali hisob-kitobga joriy etilgan taqiq yeçilişi töğrisidagi prezident farmoni loyihasi ham qistirilgan.
«Rossiya biznesi fikriça, mamlakatning amaldagi valuta qonunçiligi rezidentlarni norezidentlar bilan noteng şaroitga solib qöymoqda», deyiladi taklifga berilgan tuşuntiriş xatida.
«Vedomosti»ga köra, moliya vazirligi taklifiga biznesmenlar 6 fevralga qadar javob berişi kerak bölgan. Vazirlik vakili boşqa izoh berişdan boş tortdi.
Rossiya rezidentlariga 2021 yil 1 iyulidan boşlab tijoriy maqsadlarda xorijiy (Alipay, WebMoney, PayPal va boşqa) elektron hamyonlardan foydalaniş taqiqlangan. Masalan, ular orqali norezidentlar bilan hisob-kitob, Rossiyada tovarlar va xizmatlar uçun tölov qiliş mumkin emas. Rossiyalik soliq tölovçilar bunday hamyonlar orqali bir yilda 600 ming rubldan ziyod ötkazma qilsa, deklaratsiya topşirişi şart.
Endi moliya vazirligi taklifiga köra, rezidentlarga agar xizmat körsatuvçi YeOII hamda Rossiyaga «döstona» munosabatdagi davlatlardan birida röyxatdan ötgan bölsa, hisobvaraq oçib ötirmasdan norezidentlar, yuridik va jismoniy şaxslarga xorijiy valutani ötkazişga ruxsat beriladi. «Döstona» davlatlar röyxatiga 50 ga yaqin davlatlar, jumladan Turkiya (ularning Troy tölov tizimi bor), Armaniston (ArCa), Qirğiziston («Elkart») va Belarus («Belkart») kabi davlatlar nazarda tutilmoqda.












