Meta korporatsiyasi özining Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida pulli verifikatsiyani joriy etişni sinovdan ötkazişni boşlaydi. Bu haqda The Verge xabar berdi.
«Bu hafta biz Meta Verified obuna xizmatini yölga qöyişni boşlayapmiz. Bu sizga hujjatlaringiz orqali şaxsingizni tasdiqlaş, kök belgini oliş va sizga taqlid qiladigan akkauntlardan qöşimça himoyalaniş, şuningdek, qöllab-quvvatlaş xizmatidan birinçi navbatda foydalaniş imkonini beradi», deb yozdi Meta boş direktori Mark Tsukerberg Instagram sahifasida.
Pulli verifikatsiya faqat 18 yoşdan oşgan Facebook va Instagram foydalanuvçilari uçun joriy etiladi. Uning narxi sayt orqali sotib olinganda oyiga $11,99, mobil ilova orqali xarid qilinganda esa oyiga $14,99 turadi. Bu haftada yangi funksiya Avstraliya va Yangi Zelandiyada, tez orada esa boşqa mamlakatlarda ham işga tuşiriladi, deb va’da berdi Tsukerberg.
Meta Verified funksiyasi 2022 yil noyabrida Twitter tomonidan joriy qilingan pulli verifikatsiyaga öxşaş. Şu vaqtda Twitter oyiga 8 dollar evaziga verifikatsiyani anglatuvçi kök belgini sotib oliş imkoniyatini işga tuşirgan edi. Ammo, soxta akkauntlar uni sotib olişni boşlagani sababli funksiyani töxtatişga majbur böldi. Dekabr oyida funksiya qayta işga tuşirildi.
The Verge naşrining yozişiça, Meta platformasining pulli tekşiruvga yondaşuvi bir qaraşda Twitter tarmoğinikidan jiddiyroq körinadi, çunki Meta verifikatsiya uçun hujjat söraydi (Twitter verifikatsiyasi uçun faqat telefon raqami kifoya) va soxta akkauntlardan himoyalaniş böyiça qöşimça çoralarni va’da qiladi. Biroq, bu çoralar nima ekanligi hozirça aniq emas.












