AQŞ prezidenti Jo Bayden Yevropaga safari doirasida Ukraina poytaxti Kiyevga ham taşrif buyurdi. Mahalliy naşrlar Amerika prezidenti va Volodimir Zelenskiy Kiyevdagi Mixayliv sobori oldidagi maydonda uçraşgani aks etgan kadrlarni namoyiş etdi.
«Ukrainskaya pravda» naşri xabariga köra, Bayden ibodatxonaga uruş davomida halok bölgan ukrainalik harbiy xizmatçilarni xotirlaş uçun kelgan.
Uşbu taşrif vaqtida Kiyevda havo trevogasi e’lon qilindi. Prezidentlar guvohlar olgan videolarda aks etgan.
Köp ötmay Volodimir Zelenskiy AQŞ prezidenti taşrifi töğrisida rasman xabar berdi: «Jozef Bayden, Kiyevga xuş kelibsiz! Sizning taşrifingiz — barça ukrainlar uçun muhim qöllab-quvvatlov namoyiş etilişi böldi».
Şuningdek, Oq uy Jo Baydenning Kiyevga taşrifi munosabati bilan bayonot berdi. Amerika prezidenti taşrif davomida Ukraina uçun 500 mln dollarlik yangi harbiy yordam paketi haqida gapirgan, bu yordam havo hujumidan mudofaa tizimlarini öz içiga oladi, şuningdek Rossiya elitasiga qarşi yangi sanksiyalar joriy etiladi.
Amerika rahbarining Kiyevga taşrifi oldindan e’lon qilinmagandi. 20 fevral tongida Kiyev markazidagi köçalar, jumladan AQŞ elçixonasi va markaziy temiryöl vokzali yaqinidan ötgan köçalar tösilgandi. Ukraina TIV Kiyevga ğarbdagi ittifoqçilardan birining «rahbari» kelişi kutilayotganini bildirib, «syurpriz» va’da qilgandi.
- Oq uy 20-22 fevral kunlari Bayden Polşada bölib, uşbu mamlakat prezidenti Andjyey Duda bilan uçraşişi va Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga bir yil tölişi munosabati bilan çiqiş qilişi haqida xabar bergandi. Baydenning Yevropaga safari fonida u Polşada Zelenskiy bilan uçraşişi yoki Ukrainaga ham kelişi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Oq uy buni rad etgandi.













