Qumqörğon tumanining Şeroziy, Töda, Islomobod kabi mahallalari hududini kesib ötuvçi bu yölning ta’mirlanişi ötgan yili boşlanib, uning Boysun tumaniga tutaş 7 km qismi asfaltlangan, biroq ayni mahallalarni kesib ötuvçi 9 km qismi şundoq taşlab ketilgan. Tuproq va toş aralaşmasi yotqizilgan yöl qiş-bahor oylarida loy, yozda esa çangga tölmoqda.

Mahalla oqsoqollaridan biri, 74 yoşli pensioner Safarali Mansurovning aytişiça, bu yölning abgor ahvoldaligiga 35 yil bölmoqda. Mahallalar oqsoqollari 5 yildan buyon turli idoralar eşigi turumini buzib, yölning asfalt qilinişi talab qilişadi. Biroq boşlangan iş kutilmaganda çala taşlab ketildi.

Faol oqsoqollardan biri Şerali Saidovning aytişiça, yölning mas’ullar yuqori qismi haşar yöli bilan asfaltlangani, buyoğini qiliş uçun mablağ yöq degan vajni röqaç qilişmoqda. Bu yöldan oğir kasallarni «tez yordam» maşinasida («Damas»larda!) 35 km uzoqlikdagi tuman tibbiyot birlaşmasiga olib borişning özi ham bir azobligini ta’kidlab ötdi.

Pensioner Ergaş Normurodovning aytişiça, «Obod mahalla» dasturi böyiça köçalarda piyodalar yölagi — trotuarlarni betonlaştiriş, yoritiş çiroqlari uçun ustunlar örnatiş ham çala taşlab ketilgan.

Söz olgan onaxonlardan biri, yöl yoqasidagi uylardan birida istiqomat qiluvçi Izzatoy Nazarovaning aytişiça, bu yölda yozda kötariladigan çang-tözondan uyning hovlisida ham ötirib bölmaydi. Nafas oliş qiyinlaşadi. Şuning uçun yozning jaziramasida ham ular uyining içkarisida şamollatgiçlarni yoqib ötirişadi.

Bobolar bu masala yuzasidan viloyat va tumanning avvalgi rahbarlariga köp bor uçraşişgan. Va’dalar olişgan. Xalq qabulxonasidan esa «qayerga borsalaring boraveringlar, asfalt qilinmaydi», deya qariyb haydab yuborilgan. E’tibor bering, otaxonlar Prezident Xalq qabulxonasidan haydalgan.
























