Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston dunyoning 117ta mamlakatiga mahsulot eksport qilmoqda
2017–2022 yillar mobaynida O‘zbekistonning eksport geografiyasi 16ta mamlakatga kengayib, bugungi kunda mahsulotlar 117ta davlatga eksport qilinmoqda. Tovar nomenklaturasida 2017 yildagi 179 xil mahsulot turi 2022 yilga kelib 200dan oshgan.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari 2017–2022 yillar oralig‘ida O‘zbekiston eksporti geografiyasi va tovar nomenklaturasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni tahlil qildi.
Qayd etilishicha, hisobot davrida tovar va xizmatlar eksport qilinadigan mamlakatlar soni ham, tovar nomenklaturasidagi mahsulotlar turi ham ko‘paygan.
2017–2022 yillar mobaynida O‘zbekistonning eksport geografiyasi 16ta mamlakatga kengayib, bugungi kunda mahsulotlar 117ta davlatga yetib bormoqda. Xususan, Peru (3 mln 965,9 ming dollar), Albaniya (3 mln 196,3 ming dollar), Shimoliy Makedoniya (1 mln 454,7 ming dollar), Senegal (311,7 ming dollar), Mavrikiy (303,1 ming dollar) kabi mamlakatlarga ham mahsulotlarni eksport qilish yo‘lga qo‘yildi. Tovar nomenklaturasida 2017 yildagi 179 xil mahsulot turi 2022 yilga kelib 200 dan ortdi.
Shuningdek, paxta tolasi eksportidan voz kechilib, uning o‘rniga paxtadan tayyorlangan qo‘shilgan qiymati yuqori tovarlar eksporti yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, umumiy qiymati 1 mlrd 613,5 mln dollarga teng bo‘lgan paxtadan yigirilgan ip, 644,9 mln dollarlik tayyor trikotaj va to‘qimachilik mahsulotlari, 242,8 mln dollarlik naqshli mato, 131,6 mln dollarlik gazlamalar, 78,1 mln dollarlik ipak va ipak mahsulotlari, 42,1 mln dollarlik gilam mahsulotlari eksport qilindi.
Maishiy texnika vositalaridan changyutkich, kir yuvish mashinasi, gaz plitasi, televizor kabi tovarlar quyidagi mamlakatlarga yetkazib berilmoqda:
- changyutkichlar – Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarboyjonga;
- kir yuvish mashinalari – Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Ozarboyjon, Moldova, Turkmaniston, Turkiyaga;
- gaz plitalari – Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Armanistonga;
- televizorlar – Rossiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Qirg‘izistonga.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

13:57 / 11.07.2025
O‘zbekiston ilk bor sofligi 99,9 foiz bo‘lgan reniy metallini eksport qildi

11:33 / 10.07.2025
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi

12:45 / 08.07.2025
UzAuto Motors'ning sof foydasi keskin kamaydi. Nega?

15:47 / 07.07.2025