Germaniyada dekabr oyida biroz sekinlaşuvdan söng, joriy yil boşida inflatsiya yana tezlaşdi. Yanvar oyi oxirida iste’mol narxlari 2022 yilning şu oyiga nisbatan 8,7 foizga oşdi, deb xabar qildi Germaniyaning Visbadendagi Federal statistika boşqarmasi 22 fevral, çorşanba kuni oy boşida qilingan birinçi hisob-kitoblarni tasdiqlab.

Dekabr oyida, qayta körib çiqilgan ma’lumotlarga köra, yillik inflatsiya darajasi 8,1 foizni, noyabrda - 8,8 foizni taşkil etdi. Dekabr oyida körsatkiçning biroz pasayişi Germaniya hukumati uşbu oyda favqulodda yordam dasturi doirasida iste’molçilarga gaz va issiqlik uçun oylik tölovlarni budjetdan qoplagani bilan boğliq.

«Biz köp tovarlar uçun narxlar ösişini köryapmiz, ayniqsa - xizmatlar uçun. Yanvar oyida xususiy uy xöjaliklari uçun energiya va oziq-ovqat narxlarining kötarilişi sezilarli böldi», - dedi Federal statistika boşqarmasi rahbari Rut Brand. Yanvar oyida aholi uçun energiya narxlari 2022 yilning birinçi oyiga nisbatan 36,5 foizga, xususan, tabiiy gaz narxi 51,7 foizga, mazut 30,6 foizga, elektr energiyasi 25,7 foizga oşdi. Oziq-ovqat sohasida yillik inflatsiya 20,2 foizni taşkil etdi. Yanvar oyida oylik nisbatda iste’mol narxlari 1 foizga oşdi.