Dunyo yanada xavflimi – Putin Rossiya iştirokini töxtatişini aytgan yadro kelişuvida nimalar deyilgandi?
|23:18 / 23.02.202335 79617 min
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal kengaşga murojaatida mamlakat Strategik hujum qurollarini yanada kamaytiriş böyiça AQŞ bilan imzolangan kelişuvdagi iştirokini töxtatganini ma’lum qildi. Bu AQŞ hamda Rossiya yadro qurollarini çeklovçi yagona hujjat, şuningdek, ikki davlat hamkorlikni davom ettirayotgan juda kam sonli kelişuvlardan biri edi. Putin bu bitimda Rossiya iştiroki töxtaganini e’lon qilişi nimani anglatadi?
Putin parlamentga murojaatida Rossiya AQŞ bilan imzolangan strategik hujum qurollarini qisqartiriş böyiça kelişuvda iştirokini töxtatişini e’lon qilgandi.
Qurollaniş poygasi
Ekspertlar Putinning bu bayonoti AQŞ va Rossiya örtasidagi yangi qurollaniş poygasiga turtki berişi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. AQŞ va Rossiya örtasidagi bu kelişuv hatto ikki mamlakat munosabatlaridagi öta inqirozli holatlarda ham töxtab qolmagan. 2021 yil Bayden va Putin kelişuvni uzaytirişga kelişib olgan, Vaşington va Moskvaning bu kelişuv borasida öz e’tirozlari bölsa-da, bitim uzaytirilgandi.
AQŞ kelişuvga Xitoy ham qöşilişini istagandi. Rossiya esa yadro quroliga ega Fransiya va Britaniya ham bitimga qöşilişi mumkinligini aytgan. Putin parlamentga murojaatida bu haqda gapirar ekan, Fransiya va Britaniya ham kelişuvga kirişi Rossiya undagi iştirokini tiklaşining şarti ekaniga işora qildi.
«Bu masalani muhokama qilişdan avval NATOning Britaniya va Fransiya kabi davlatlari nimaga da’vo qilayotganini bilib olişimiz kerak. Ular ham, gaplariga qaraganda, bu kelişuvga qöşilmoqçi. Juda yaxşi, biz qarşi emasmiz», dedi Putin murojaatida.
Seşanba kuni keçasi Putin Rossiya Davlat dumasiga Strategik hujum qurollarini kamaytiriş böyiça uçinçi kelişuvda mamlakat iştirokini töxtatiş haqida federal qonun loyihasini kiritdi. Bu kelişuv Rossiya parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilingan va şu sabab kelişuvni töxtatişni ham yana parlament tasdiqlaşi kerak. Rossiya parlamenti kelişuvni ratifikatsiya qilganda bu kelişuv Rossiya milliy manfaatlariga zid emasligi aytilganini ta’kidlaş kerak.
Strategik hujum qurollarini yanada qisqartiriş böyiça uçinçi kelişuv Rossiya hamda AQŞ hamkorlikni davom ettirayotgan juda kam sonli harbiy bitimlardan biri edi. 2019 yil Tramp prezidentligi vaqtida AQŞ Rossiya bilan imzolangan yaqin va örta masofadagi raketalarni kamaytiriş borasida kelişuvdan bir tomonlama çiqib ketgandi.
Mavzuga oid
2020-2021 yillarda Rossiya hamda AQŞ Oçiq osmon töğrisida kelişuvdan çiqqandi. Bu hujjatni imzolagan davlatlar qolgan iştirokçi davlatlarning qurollanmagan razvedka uçoqlari öz osmoni ustidan uçişiga ruxsat beradi.
«Çiqmayapmiz, iştirokimizni töxtatyapmiz»
Putin Rossiya Strategik hujum qurollarini kamaytiriş böyiça kelişuvda iştirokini töxtatişini e’lon qilar ekan, mamlakat kelişuvdan çiqib ketmayotganini alohida ta’kidlab, «Biz kelişuvdan çiqmayapmiz, undagi iştirokimizni töxtatyapmiz» dedi.
Putinning murojaatidan bir neça soat ötib esa Rossiya TIV uning nutqini aniqlaştiruvçi bayonot bilan çiqdi. Unda aytilişiça, Rossiya hamon kelişuvdagi çeklov miqdorlariga amal qiladi va AQŞni ballistik raketa uçirilişidan avval ogohlantirişda davom etadi. Ammo bu va’da birinçidan, bajarilişi majburiy bölgan iş emas, ikkinçidan, bu kelişuvdagi kiçik bir qism xolos.
«Kelişuvga qaytiş mumkin. Buning uçun Vaşington siyosiy iroda körsatib, kelişuv barça tomonlar uçun amal qilinişiga xalaqit beradigan omillarni bartaraf etişi kerak», deyiladi Rossiya tomoni bayonotida.
Yadro obektlarini tekşiriş qiyin
Putinning Strategik hujum qurollarini kamaytiriş böyiça kelişuvga doir navbatdagi iddaosi şundan iboratki, AQŞning yadro obektlarini tekşiriş qiyinçilik tuğdirgan. U Vaşingtonni bu boradagi tekşiruvlarni rad etişda ayblagan.
«Kelişuv borasida töliq tekşiruv ötkazişga imkon berişmayapti. Bizning talablarimiz esa norasmiy doiralarda rad etilyapti. Şu tariqa, aytarli heç nimani tekşira olmayapmiz. Şu örinda AQŞ va NATO öz maqsadlari Rossiyani strategik mağlub etiş ekanini oçiqçasiga aytişmoqda. Şunça gapdan keyin ham bizning mudofaa obektlarimizga bemalol kiraverişlari kerakmi? Hatto yangi obektlarga ham, a?», dedi Putin. Katta ehtimol bilan, mana şu – Rossiya kelişuvdan çiqişining asosiy sababi hisoblanadi.
Rossiya kelişuv doirasida tekşiruvlarda muammo bölayotgani haqida 2022 yil boşida ham e’tiroz bildirgan va AQŞ tekşirişga ruxsat bermayotganidan noligandi. Rossiya TIV iddaosiga köra AQŞ va uning ittifoqçilari rossiyalik inspektorlar bölgan samolyotlar uçun havo hududini yopgan va oqibatda normal aviaqatnov amalga oşiriş imkonsiz bölib qolgan.
Strategik hujum qurollarini qisqartiriş böyiça uçinçi kelişuv doirasida özaro tekşiruvlar koronavirus pandemiyasi vaqti dunyoda amalda bölgan çeklovlar doirasida töxtatilgan, lekin AQŞ departamenti şundan keyin Rossiya odatiy tekşiruv jarayoniga qaytişini turli bahonalar bilan rad etib kelayotganini bildirgan.
Inspeksiya çoğida ikki mamlakat vakillari yadro qurollari joylaşgan harbiy bazalarga taşrif buyuradi. Foto: AFP
«Ikki tomonlama yuzma-yuz uçraşuvlar, özaro telefon suhbatlari va hujjatlar almaşinuvidan keyin ham Rossiya tomoni COVID-19 bahonasida turli talablarni köpaytirişni kanda qilmadi», deyilali Davlat departamentining 2023 yil 13 yanvardagi Kongressga topşirgan hisobotida. Öşa hisobotda AQŞda rossiyalik inspektorlar faoliyatiga heç qanday qarşilik yöqligi aytiladi. Şuningdek, Rossiyaning bu boradagi harakatlarga çeklov borligi haqida bayonoti yolğonligi qayd etilgan.
Bir yilda 18 ta tekşiruv
Dunyodagi ikki qudratli yadro davlati örtasidagi kelişuvga köra, tomonlarning inspektorlar guruhi bir yilda 18 marta bir-birining harbiy obektlariga tekşiruv uçun borişi kerak. Inspeksiya ikki xil körinişda böladi: birinçi tekşiruv yadro bombalari örnatilgan va şay holatdagi taşuvçilar bölgan obektlarda ötadi. Ikkinçi turdagi tekşiruvlar esa taşuvçilarga örnatilmagan strategik tizimlarda ötkaziladi.
Taşuvçilarga örnatilgan va işlatiş uçun şay turgan qurollar saqlanadigan obektlarda amalga oşirilgan inspeksiya doirasida har ikki tomon har bir taşuvçida neçta yadro kallagi turgani haqida oçiq ma’lumot berişi kerak. Xususan, ballistik raketalar, qiruvçilar, qanotli raketalar haqida. Deklaratsiya töğriligi uçun inspeksiya ötkazayotgan tomon har bir taşuvçining yuklamasini tekşiriş huquqiga ega.
Rossiya kelişuvdagi iştirokini töxtatgani nimani anglatadi?
Rossiya va AQŞ örtasidagi munosabatlar har qança yomon bölmasin, yadro quroli böyiça kelişuvlarga ikki davlat ham amal qilib kelayotgan, bu mavzu özaro munosabatlardan alohida muhokama qilinayotgandi.
Kelişuv doirasidagi inspeksiyalar 2020 yilda COVID-19 pandemiyasi tufayli ötkazilmay qolgandi (suratda - Rossiyaning «Yars» mobil uçiriş qurilmasi)
«Aftidan, endilikda yadro quroli masalasi özaro munosabatlardan alohida ajratilmaydi, degan siyosiy qaror qabul qilingan körinadi. Hatto yadro quroli masalasi ham kelişmovçilik mavzusiga aylandi», deydi BBC bilan suhbatda BMT Qurolsizlaniş muammolarini örganiş instituti katta ilmiy xodimi Andrey Baklitskiy.
«Rossiyaning kelişuvdan çiqişi Moskva hamda Vaşington yadro qurollar böyiça ma’lumotlarni almaşişni bas qilişini anglatadi. Davlat institutlari örtasidagi munosabatlar ham töxtaydi, inspeksiya jarayoni tiklanmaydi, ikki tomonlama maslahatlaşuv komissiyasi işi ham töxtaydi», deydi harbiy ekspert Aleksandr Yermakov.
Ikki tomonlama maslahatlaşuv komissiyasi Rossiya va AQŞ örtasidagi Strategik hujum qurollarini qisqartiriş kelişuviga amal qilinayotganini nazorat qiluvçi organ hisoblanadi. Komissiya yiliga kamida ikki marta yiğiladi. Bu organ kelişuv böyiça barça masalalarni hal qiladi.
BBC bilan suhbatlaşgan har ikki ekspertning fikriça, Rossiya kelişuvdan çiqişi tayyor yadro taşuvçilardagi yadro kallaklari soni böyiça özaro kelişilgan limitdan çiqişini anglatmaydi. Ularning aytişiça, Rossiya bu kelişuvga amal qiladi.
Kelişuvga köra, har ikki davlat 800 ta yadro taşuvçiga ega bölişi, ulardan faqat 700 tasi yadro quroli bilan harakatlanişga tayyor turişi mumkin. Umumiy kallaklar soni esa 1550 tadan oşmasligi kerak.
Yana bir ekspert Pavel Podvigning fikriça, Rossiya kelişuvdan çiqqanida bu kelişuvga amal qilinmasligini kutiş mumkin edi, ammo Putin Rossiya faqat kelişuvdagi iştirokini töxtatişini aytgan ekan, belgilangan limitlarga amal qilinişini kutiş mumkin. Ammo inspektorlar faoliyati töxtatilgani muammolar keltirib çiqarişi mumkin. Masalan, uruş holatidagi Rossiya yadro qurollari bilan boğliq nimalar qilayotganini endi bilib bölmaydi.
Rossiya bunaqa harbiy kelişuvlardan çiqmay şunçaki «iştirokini töxtatişi» yangilik emas. Rossiya 2007 yilda Yevropa oddiy harbiy kuçlari kelişuvidagi iştirokini töxtatgandi. Mamlakat kelişuvda rasman mavjud bölsa-da, qolgan davlatlar Rossiya şartlarga amal qilmasligini juda yaxşi bilişadi.
Ekspertlar aytişiça, bu «iştirokni töxtatiş»da yana bir hiyla bölişi mumkinki, kelişuvga qaytiş uçun heç qanday huquqiy şart yöq. Kelişuvda tomonlardan biri undagi iştirokini töxtatsa, nima qilinişi haqida heç nima deyilmagan.
Balitskiyning fikriça, hozir şunday tuşunarsiz holat yuzaga keladiki, uning oqibatida nima bölişini taxmin qilib bölmaydi. Masalan, kelişuvga köra har ikki tomon yadro bombalarini taşuvçilarga joylaştiriş, ularni köçiriş yoki yöq qiliş borasida bir-birini ogohlantirib kelgan. Putinning bayonotidan keyin esa bu juda köp bosqiçlarni qamrab olgan ogohlantiriş tizimi işdan çiqadi.
Şuningdek, kelişuvga köra tomonlar taşuvçilar va yadro kallaklari haqida deklaratsiya topşiradi. Bundan taşqari, Rossiya va AQŞ quruqlikdagi hamda suv ostidagi bazadan otilgan 5 ta mintaqalararo ballistik raketalarning maşğulotdagi yoki sinov parvozidagi körsatkiçlari haqida ma’lumotlarni almaşib turadi.
Ikki davlat yangi taşuvçilar yoki raketalar otuvçi tizimlar, qurolli kuçlar safiga qabul qilingan yangi tizimlar haqida, kelişuv doirasidagi raketalar parvozlari haqida ma’lumotlarni bir-biriga berib boradi. Rossiya kelişuvdagi iştirokini töxtatişi esa bu kelişuv butunlay bekor bölişiga ham olib kelişi mumkin. Oqibatda şundoq ham nazorat qiliş qiyin bölgan yadro quroli butunlay izdan çiqib ketişi heç gap emas.
Işonçsizlik oşadi
Har ikki davlat öz harbiy doktrinasini öz qurollari va potensial raqibining imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda tuzadi. Ma’lumotlar almaşinuvi tizimi mavjud bölgan holda har ikki tomon bir-birining imkoniyatlari haqida ma’lum darajada aniq tasavvurga ega böladi. Şunga monand vaziyatni izdan çiqaradigan darajada noaniqlik bölmaydi. Lekin yadro quroli böyiça ma’lumotlar almaşilmasa, ikki tomon örtasida işonçsizlik va gumon paydo böladi.
Tomonlar bir-birining yadro qudrati haqida eng yomon ssenariydan kelib çiqib fikrlay boşlaydi. Oqibatda har ikki tomon öz yadro arsenalini yanada boyitiş haqida öylaydi. Bu yangi yadro qurollaniş poygasini avj oldiradi. Pavel Podvig esa bu borada unçalik xavotirga tuşmaslikni tavsiya etmoqda. Uning fikriça, Rossiya ham, AQŞ ham tezda öz yadro arsenalini boyita olmaydi.
«Bilişim böyiça, Rossiya yiliga 20 ta yerdan turib otiladigan ballistik raketa işlab çiqaradi. Ya’ni bu ertadan boşlab sosiska kabi qalaştirib taşlaş mumkin bölgan narsa emas. Ammo yadro arsenalini oşirişning boşqa yöli bor. Masalan, ba’zi taşuvçilarda uçta yadro kallak qöyilgan böladi, lekin ular 5 yoki 6 tagaça kallakni olib yurişi mumkin. Bunday kallaklar qayerdadir aniq bor. Şunday bölsa-da, bu usul vaziyatni keskin özgartira olmaydi», deydi ekspert.
Uning fikriça, AQŞda ham yadro arsenalini birdan oşiriş qiyin böladi. Lekin amerikaliklarda yadro kallaklari sonini qisqa vaqt içida ikki baravar oşiriş imkoni bölsa-da, ular bunday qilişmaydi.
Yadro sinovlari
Putin öz çiqişida yadro sinovlari mavzusida ham gapirdi. U AQŞ yadro sinovi ötkazsa, Rossiya ham şunday qilişini ta’kidlab, «Rosatom» hamda mamlakat mudofaa vazirligiga yadro sinoviga tayyor turişni buyurdi.
Rossiya prezidenti amerikaliklar yangi yadro qurollarini sinovdan ötkazmoqçi degan fikrda.
Yadroviy sinovlarni töliq taqiqlaş töğrisidagi şartnoma 1996 yilda imzolangan bölsa-da, kuçga kirmagan. Foto: Getty Images
Ma’lumot uçun, yadro sinovlarini taqiqlovçi kelişuv 1996 yilda imzolangan bölsa-da, hamon kuçga kirmagan. Ayni damda esa heç qaysi xalqaro kelişuv yadro sinovlarini taqiqlamaydi. BMT ma’lumotiga köra, 1996 yilda imzolangan kelişuvni 185 davlat imzolagan va 170 davlat ratifikatsiya qilgan. Ular orasida Britaniya, Fransiya va Rossiya kabi yadro quroliga ega davlatlar ham bor.
Kelişuv kuçga kirişi uçun uni AQŞ, Isroil, Eron, Xitoy, Şimoliy Koreya, Misr va Pokiston ham ratifikatsiya qilişi kerak. Şu örinda 1996 yildan buyon dunyoda Şimoliy Koreyadan taşqari boşqa davlatlar yadro sinovini ötkazmaganini ta’kidlaş kerak. Dunyoda aksar davlatlar yadro quroli hatto sinov körinişida ham foydalanilmasligi kerak deb hisoblaydi.
Ekspert Yermakovning fikriça, AQŞ, Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya kabi «yadro beşligi» davlatlari yerdan turib yadro sinovini ötkazişga moratoriy joriy qilgan bölsa-da, istalgan vaqtda bu kelişuvni bekor qilişi mumkin. Çunki yangi sinovlar yangi qurollar uçun kerak deb öylaydi ekspert.
Hatto sinov uçun ötkazilgan yadro quroli ham dunyodagi vaziyatni keskinlaştirib yuboradi.
Rossiya uçun esa yadro sinovlarini ötkaziş huquqiy jihatdan ham qiyin. Rossiya AQŞdan farqli ölaroq Vena kelişuvini imzolagan va ratifikatsiya ham qilgan. Yadro sinovi ötkazmoqçi bölgan davlat bu kelişuvdagi öz imzosini qaytib olişi, Davlat dumasi esa hujjatni bekor qilişi kerak. Putin AQŞning yadro sinovi haqida gapirdi, lekin amerikaliklarda bunday reja yöqligi hisobga olinsa, Putinning gapi şunçaki oddiy gapga öxşaydi.
Ba’zi ekspertlar fikriça, Putinning bu gapidan ijobiy xulosa ham qiliş mumkin. Putin AQŞ yadro sinovi ötkazsa, biz ham bu işni qilamiz, dedi. Ya’ni Amerika sinov ötkazmaslik orqali Rossiyani bu işdan tiyib turişi mumkin. Albatta, Rossiya prezidenti oxirgi yillarda qilmaymiz degan juda köp işlarni qilganini ham yoddan çiqarmaslik kerak. Nima bölganda ham Putinning bu gapi Rossiya uçun baribir qandaydir çegaralar qolganini bildiradi.
Hamma uçun sinov
Rossiya kelişuvdagi iştirokini töxtatişi AQŞ bilan munosabatlarni yanada yomonlaştiradimi degan savolga hozirça aniq javob beriş qiyin. AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Putinning çiqişi Vaşingtonda «çuqur afsus bilan» kutib olingani va «mas’uliyatsizlik» deb qaralganini aytdi. Ammo Blinken AQŞ ikki davlat örtasidagi munosabat va dunyodagi vaziyat qanday ekanidan qat’i nazar kelişuv böyiça muloqotga tayyorligini ma’lum qildi. Blinken Rossiyaning kelişuvdagi iştirokini töxtatişidan keyingi harakatlari AQŞ tomonidan diqqat bidan kuzatib borilişini ham aytdi.
Putinning bayonotini NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg ham afsus bilan qarşiladi: «Rossiya oxirgi yillarda köplab qurollanişni nazorat qiluvçi kelişuvlardan çiqdi. Putinning Strategik hujum qurollarini kamaytiriş böyiça kelişuvdagi iştirokini töxtatişi borasidagi bayonoti esa qurollanişni nazorat qiliş böyiça xavfsizlik arxitekturasini barbod qiladi. Rossiyani bu kelişuvga qaytişga va unga amal qilişga çaqiraman», dedi alyans boş kotibi.
Ekspert Baklitskiyning fikriça, Putinning bu bayonoti oddiy insonning bugungi yoki ertangi hayotiga ta’sir qilmaydi, lekin yil sayin dunyo xavfli bölib borişiga xizmat qiladi. U dunyoda qurollaniş poygasi degan va oxirgi yillarda eskirgan ibora endi yana tez-tez eslanadi, degan taxminda. Baklitskiyga köra, AQŞ va Rossiya örtasidagi munosabatlar yadro borasidagi kelişmovçilik darajasida yomonlaşişi boşqa davlatlarda ham yadro qurollari böyiça «iştahani oşirib yuborişi mumkin».
«Agar Rossiya va AQŞ yadro arsenalini oşiradigan bölsa, bu Xitoy, Hindiston va hatto Pokistonni ham befarq qoldirmasligi mumkin. Dunyoda yadro quroli borgan sari kamayişi kerak degan tuşunça paydo bölayotgandi, lekin endi tendensiya teskarisiga özgaradi. Hamma yanada köproq bunday qurolga ega böliş haqida öylaydi», deb sözini yakunlagan ekspert.