Unga qadar ba’zi davlatlar “Rossiya Ukrainaga bostirib kirişga tayyorlanmoqda” deb ogohlantirdi. Bunga Yevropa davlatlari şubha bildirdi. Ukrainaning özi ham u qadar işonmadi. Rossiya mulozimlari esa “bu yolğon!” deya bayonotlar berdi. Putinning matbuot kotibi Peskov “Rossiya ahmoq emaski, Ukrainaga bostirib kirsa” degandi. Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov esa kinoya bilan “Biz Ukrainaga bostirib kirmadikmi hali?!” deya jurnalistlarga savollar ham berdi.
Putinning özi ham “Biz Ukrainaga bostirib kirmaymiz” deya köp ta’kidladi. Lekin bu bayonotlarning barisi yolğon bölib çiqdi. Rossiya köp ming sonli kuç va vositalar bilan Ukrainaga bostirib kirdi. Köplab kuzatuvçilarning aytişiça, Rossiya Ukrainani bir neça kun içida bosib olişni rejalagan. Ukraina prezidenti Zelenskiy qoçib ketişi, davlat tezda yiqilişi reja qilingan. Lekin vaziyat butunlay boşqaça bölib çiqdi. Zelenskiy qoçmadi, aksinça, qarşilik körsatiş borasida safarbarlik e’lon qildi. Ukraina siyosiy elitasi parokandalikka uçraş örniga, aksinça, jipslaşdi. Ukraina xalqi va davlati birlaşib, bosqinçilarga qarşi kuraşni boşlaşdi.
Mubolağasiz aytiş mumkinki, bu – Özbekistonning atrofidagi uruş. Ukraina bizga köpçilik öylaganidan ança yaqinroq: Özbekistonning eng ğarbiy nuqtasidan Luhansk oblasti çegarasigaça bölgan töğridan töğri masofa 1300 kilometrga ham yetmaydi. Qolaversa, globallaşgan dunyoda jismoniy masofalar ahamiyati pasayib, uzoqroq bölsa-da, özaro şakllangan munosabatlar ahamiyati oşib boradi.
SSSR parçalanganiga 30 yildan oşdi. Özbekiston, uruşga qadar, possovet hududidagi uçinçi yirik davlat edi. Birinçi yirik davlat – 145 million aholisi bilan Rossiya. Ikkinçisi – Ukraina. Uruşga qadar uning aholisi 42 million atrofida edi. Uruş boşlanib, Ukrainadan millionlab aholi çiqib ketişi natijasida, Özbekiston possovet hududining ikkinçi davlatiga aylandi deyişga asos bor. BMT ma’lumotlariga köra, bugun Ukrainadan taxminan 9-10 million aholi çiqib ketgan. Özbekistonning aholisi 36 milliondan oşmoqda.
Rossiya – Özbekistonning birinçi yoki ikkinçi (Xitoy bilan örin almaşib turadi) savdo-iqtisodiy hamkori. 1990-2000 yillari, bitta Rossiyaning öziga Özbekistonning 30 foiz savdo-iqtisodiy uluşi töğri kelgan davrlar böldi. Keyingi yillarda Xitoy Xalq Respublikasi birinçi öringa çiqyapti.
Rossiyada millionlab özbekistonliklar mehnat muhojiri bölib işlab kelişadi. Ular har yili Özbekistonga milliardlab pul jönatişadi. Butun Markaziy Osiyo davlatlari qatori, Özbekiston ham Rossiyaning axborot hududida qolmoqda. Özbekiston-Rossiya gumanitar aloqalari, ta’lim, turizm va boşqa sohalardagi boğliqliklar – juda qalin.












