Qaşqadaryo viloyati Koson tumanidagi tuğuruqxonada ona va çaqaloq vafot etgan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda marhumaning eri tomonidan çiqarilgan videoda aytilgan.
Beşqöton mahallasida yaşovçi erkakning aytişiça, u xotinini tuğuruq jarayoni yaqinlaşgani sababli şifoxonaga olib borgan. Öşa kuni keçga borib vraçlar unga çaqaloq va onaning vafot etgani haqida aytişgan.
Ayol 1991 yilda tuğilgan bölib, uçta farzandi bölgan. Ayol törtinçi farzandini tuğiş uçun tuğuruqxonaga borgan. Hozirda erkak xotini va bolasining ölimida şifokorlarni ayblamoqda.
Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi matbuot kotibi hodisa yuzasidan ma’lumot berdi. Unda aytilişiça, ayolning ahvoli oğirlaşib, vafot etgani holati yuzasidan hozirda tuman prokuraturasi tomonidan qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan tegişli ekspertiza tayinlangan. Tekşiruvning borişi alohida nazoratga olingan.
Avvalroq, 2022 yil avgust oyida Şahrisabzdagi tuğuruqxonada bir haftada uçta çaqaloq vafot etgandi.












