Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 fevral kuni investitsiyalarni jalb qiliş va sanoatni rivojlantiriş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Unda qayd qilinişiça, sönggi yillarda barça tarmoqlardagi dasturlarga 31 milliard dollarlik töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. Natijada ötgan 5 yilda sanoat 1,4 barobar, eksport 1,5 barobarga oşdi. Kelgusi 5 yilda iqtisodiyot barqaror ösişi uçun sanoatni yana 1,5 barobarga oşiriş, eksportni 30 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilib qöyilgan. Buning uçun 120 milliard dollar sarmoya, jumladan, 70 milliard dollar xorijiy investitsiya zarur.
Bunga investitsiya, sanoat va eksport böyiça yaxlit siyosat yuritiş orqali erişiş mumkin. Şu bois «Yangi Özbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident farmoniga muvofiq, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi taşkil qilingan edi.
Yiğilişda jahon moliya bozorlaridagi vaziyatdan kelib çiqib, soha oldidagi muhim vazifalar körsatib ötildi.

Joriy yilda 11 milliard dollarlik töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni özlaştiriş, yirik investorlar bilan manzilli işlaş böyiça vazifalar belgilandi. Investitsiyalarni jalb qilişda iqtisodiy diplomatiyani va çet eldagi diplomatik vakolatxonalar iştirokini kuçaytiriş muhimligi qayd etildi.
Yil yakunigaça 304 ta yirik va 3 mingta hududiy loyiha işga tuşirilişi rejalaştirilgan. Ularning natijasida qöşimça 10 trillion sömlik mahsulotlar işlab çiqariş yölga qöyilişi kutilmoqda.
Davlat rahbari sanoat böyiça tarmoq va hududlardagi qöşimça zaxiralarni işga soliş, mahsulotlar raqobatbardoşligini oşiriş uçun tannarxni kamaytiriş yuzasidan körsatmalar berdi.
Xorijiy konsultantlarni jalb qilib, maxsus va kiçik sanoat zonalarini hududlarni rivojlantiriş «drayveri»ga aylantiriş, ularda yangidan yaratilayotgan işlab çiqariş quvvatlarini joylaştiriş zarurligi ta’kidlandi. Töqimaçilik, çarm, quriliş materiallari, elektr texnikasi, oziq-ovqat, farmatsevtika, zargarlik kabi tarmoqlarda yangi mahsulotlarni özlaştiriş, jahon brendlarini olib keliş orqali yangi bozorlarga çiqiş muhimligi aytildi.
Yangi loyiha takliflarini işlab çiqiş va investorlarga taqdim etiş böyiça loyiha guruhlarining işini faollaştiriş topşirildi.

















