Krasnodar ölkasining Tuapse şahrida neft bazasida yonğin sodir böldi, deb xabar qildi şahar ma’muriyati 28 fevral, seşanba kuni. Yonğin tungi soat 2 larda, oçiq ma’lumotlarga köra, «Rosneft» kompaniyasining neftni qayta işlaş zavodi joylaşgan Industrialnaya köçasida boşlangan.
Mahalliy aholi neft bazasi hududida bir neça soniya oraliqda ikkita portlaş ovozini eşitgan, deb yozadi 93.ru. Astra naşrining ta’kidlaşiça, hududga «ikkita noma’lum uçiş apparati» hujum qilgan, qozonxona şikastlangan va bino yonidan bir yarim metrlik ikkita çuqur topilgan. Baza va Shot Telegram-kanallari neft omboriga portlovçi moddalar bilan töldirilgan uçuvçisiz uçoqlar tomonidan hujum qilingani, ular neft omboridan 100 metr uzoqlikda qulaganini da’vo qilmoqda. Rasmiylar bu ma’lumotga izoh bermadi.
Şahar rasmiylarining aytişiça, yonğin xöjalik binosida kelib çiqqan va kamida 200 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Yonğin öçirildi. Şu bilan birga, Tuapse meriyasi şahar aholisini «feyk ma’lumot tarqatmaslikka» çaqirdi, çunki «qonunga köra, bu jazolanadi». Hokimlik «favqulodda vaziyat vaqtida heç kim jabrlanmagani, neft tökilmagani»ni ta’kidladi.
Astra naşrining yozişiça, portlaşlar sodir bölgan joydan 30 metr uzoqlikda Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylari bölgan kazarma joylaşgan. Boşqa manbalar bu ma’lumotni tasdiqlamadi.













