Reyslar Airbus A320neo samolyotlarida haftasiga tört marta — duşanba, çorşanba, juma va şanba kunlari muntazam ravişda amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

Aviakompaniya 2022 yil sentabridan Jidda — Toşkent — Jidda yönalişi böyiça Bokuga texnik qöniş bilan yölovçi reyslarini amalga oşirmoqda. Uşbu reyslar 2023 yilning 24 martigaça amalga oşiriladi, şundan söng aviataşuvçi yangi parvozlar jadvaliga ötadi.

Flynas — Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi. Qirol Xolid xalqaro aeroportida joylaşgan. Flynas World Travel Award va Skytrax tomonidan Yaqin Şarqning yetakçi arzon aviakompaniyasi deb topilgan.