Jeddah Tower, şuningdek, JEC Tower va Kingdom Tower nomlari bilan tanilgan osmonöpar bino qurib bitkazilgaç, dunyodagi eng baland imorat bölişi kutilmoqda. Uning aniq yakuniy balandligi oçiqlanmagan, biroq 1000 metrdan oşişi maʼlum qilingan. Bu hozir erişilgan balandlikdan ikki baravardan ham köpdir.
Loyiha amalga oşsa, Jidda minorasi Dubaydagi «Burj Xalifa»ning rekordini yangilaydi.
Minorani osmonöpar binolar loyihalaşga ixtisoslaşgan AS+GG arxitektura byurosi işlab çiqqan. Uning asosçilari - Edrian Smit va Gordon Gill. Smit avval Skidmore, Owings & Merrill kompaniyasida işlagan paytida «Burj Xalifa»ni loyihalaşda ham qatnaşgan.
Jidda minorasi hozirning özida AQŞning ikkinçi eng baland binosi - Nyu-Yorkdagi Central Park Tower’dan biroz balandlagan. Uşbu osmonöpar bino ham AS+GG tomonidan loyihalaştirilgan.
Jidda minorasiga 59 ta lift örnatiş rejalaştirilgan. Bino içida haşamatli mehmonxona, ofislar, keng apartamentlar va sayyohlik obyektlari joylaşadi. Şuningdek, dunyodagi eng baland tomoşa maydonçasini barpo etiş ham közda tutilgan.
Minora Saudiya Arabistonining Jidda port şahrida qurilayotgan yangi şahar hududining markaziy inşooti böladi. Loyihani Kingdom Holding kompaniyasi amalga oşirmoqda.
Quriliş 2013-yilda boşlangan, biroq keyinçalik işlar 60-qavat darajasida töxtab, bir neça yilga çözilgan tanaffus yuzaga kelgan. Öşa davrdagi naşrlar keçikişlarni, jumladan, qirollikdagi siyosiy jarayonlar va valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon boşlagan tozalaşlar bilan boğlagan.
Hozir quriliş qayta davom etmoqda. Minora Saudiya Arabistonining ayrim boşqa megaloyihalari, jumladan, Mukaab kubsimon osmonöpar binosi va The Line - «Közgular çiziği» şahri jiddiy qiyinçiliklarga duç kelayotgan bir paytda qad rostlamoqda.
Jidda minorasi qurilişini 2028-yil oxirida yakunlaş rejalaştirilgan.

















