Prezident farmoni bilan 2022–2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
2023 yil 1 iyuldan:
- barça davlat organlari va taşkilotlarida “Aholi va tadbirkorlarga servis sifatini oşiriş” çora-tadbirlari belgilanadi;
- DXM orqali körsatiladigan davlat xizmatlari soni 300 taga, YaIDXP (my.gov.uz) orqali körsatiladigan xizmatlar soni esa 570 taga yetkaziladi;
- aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi bölgan şaxslar, oğir bemorlar, keksalar va boşqalar)ga migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş sohasidagi davlat xizmatlari doimiy yaşaş yoki vaqtinça turgan joyiga çiqiş orqali körsatilgan xizmat uçun qöşimça tölov undirilmaydi;
- elektr, gaz va suv sarfi hisoblagiçlarini qiyoslaşdan ötkaziş böyiça davlat xizmatlari proaktiv tarzda (fuqaro murojaatini kutmasdan, xizmat körsatuvçi taşkilotning öz taşabbusi bilan) körsatiladi.
2023 yil 1 sentabrdan aholi va tadbirkorlarga subsidiya ajratiş bilan boğliq barça xizmatlar bosqiçma-bosqiç “Aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiya ajratişning yagona elektron platforma”siga ötkaziladi.
2024 yil 1 yanvardan pensionerga hisoblangan, lekin öz vaqtida olinmagan pensiyani tölaş muddati 12 oydan 24 oyga uzaytiriladi.
2023 yil 1 apreldan nogironlik idoralararo elektron ma’lumotlar almaşinuvi asosida nogironlik belgilari aniq körinib turgan, anatomik nuqsonlari bölgan, şuningdek, noxuş klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlarda fuqarolarning iştirokisiz belgilanadi.
Dasturga köra, 2023 yilda:
- “Yangi Özbekiston” massivlari va 161 ta boşqa massivlarda yangi uy-joylar qurişning yillik hajmlari 90 mingga yetkaziladi;
- aholini bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari orqali mulk huquqi asosida Toşkent viloyatida tajriba-sinov tariqasida “Mening birinçi uyim” dasturi işlab çiqilib, amalga oşiriladi.












