O‘zbekiston | 13:24 / 01.03.2023
4018
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy o‘rnatilyapti

Foto: Flickr

Prezident 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Prezident farmoni bilan:

2023 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga uch yillik moratoriy o‘rnatiladi;

tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolati prokurorlardan sudlarga o‘tkaziladi;

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi;

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning ipoteka obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish uchun kompaniyaning ustav fondi 100 million AQSh dollari ekvivalentiga yetkaziladi va bunda jalb qilingan mablag‘lar ipoteka kreditlari uchun resurs sifatida banklarga joylashtiriladi.

Mavzuga oid