Asosiy qonun loyihasi matnida advokaturaning institutsional ahamiyati va taşkiliy mustaqilligi qat’iyligidan taşqari fuqarolarga malakali yuridik yordam manbai bölgan advokatning öziga qanday kafolatlar yaratilayotgani muhim.
Jumladan, Konstitutsiyaning 116-1-moddasi bilan qator yangi qoidalar nazarda tutilmoqdaki, ularning har biri advokatning huquqiy va protsessual maqomi jiddiy mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
“Advokat öz kasbiy vazifalarini amalga oşirayotganda uning faoliyatiga aralaşişga yöl qöyilmaydi”. Mazkur qoidaning ahamiyati nimada?
Şubhasiz, bunday norma advokatlar faoliyati umumiy holatiga jiddiy ijobiy ta’sir körsatadi. Albatta, aytiş kerakki, advokatning guvohlik immuniteti va uning faoliyatiga aralaşiş taqiqi advokatlik faoliyatiga oid qonunlar va protsessual qonunçilikda ham belgilangan. Lekin mazkur qoidalarning konstitutsiyaviy darajada örnatilişi ularning real işlaş imkonini oşiradi, çunki bu yerda gap konstitutsiyaning töğridan töğri amal qilişi haqida bormoqda va bu qat’iy qoidalar jinoyat işi yurituviga mas’ul bölgan şaxslar tergovçi, prokuror va sud zimmasiga yuklatilib, ular advokatning mazkur kafolatlarini ta’minlab berişga majbur ekanliklarini anglatadi! Nima uçun aynan ana şu sub’yektlarga uşbu majburiyatning yuklatilişi muhim?
Çunki sud-tergov amaliyoti şuni körsatadiki, advokatlarning kasbiy faoliyatiga aralaşiş, ularning himoya pozitsiyasini olib borişida turli bevosita va bilvosita bosim holatlari aynan jinoyat işi yurituvi jarayonida köproq kuzatiladi.
Konstitutsiyaviy kafolat şaroitida esa advokat bunday xavflardan himoyalanadi, öz vakolatlari doirasida dadil harakatlanadi, har qanday tazyiq va bosimlardan xoli böladi.
Mustaqil bölgan, öz himoya yönalişini mustahkam va barqaror olib boradigan advokat tomonidan körsatiladigan yuridik yordam darajasi ham, albatta, yuqori bölişi tayin.
“Advokatga öz himoyasidagi şaxs bilan tösqinliksiz va xoli uçraşiş, maslahatlar beriş uçun şart-şaroitlar ta’minlanadi.”
Bu kafolat borasida gapiradigan bölsak, aytiş muhimki, bu kafolatga bölgan ehtiyoj jinoyat protsessida advokat iştiroki eng boşlanğiç nuqtasining özida – şaxs jinoyat sodir etişda gumonlanib uşlangan zahotiyoq yuzaga keladi. Ya’ni şaxsning harakatlaniş erkinligi çeklanişi bilan darhol unga advokat ta’minlanişi şart hisoblanadi. Şuningdek, şaxs birinçi söroq ötkazilişidan avval himoyaçi bilan xoli uçraşişi qonunan kafolatlangan.













