Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari Özbekistonda qöşilgan qiymat soliğining (QQS) 15 foizdan 12 foizga tuşirilişini iste’mol tovarlari narxlar darajasiga ta’sirini örgandi.
Tahlil uçun QQS tölovçi va asosan rasmiy iş yurituvçi hisoblangani sababli milliy supermarketlar narxlari asos qilib olingan.
Jumladan, 97 turdagi 3754 ta iste’mol tovarlari böyiça tört oylik statistika data-scraping yöli bilan yuklab olindi. Har bir tovar turi böyiça dekabr va yanvar oylarida narxlar örtasidagi özgariş (treatment group) noyabr-dekabr va yanvar-fevral oylaridagi narxlar özgarişi (control group) bilan soliştirildi.
“Natijalar şuni körsatadiki, QQS 15 foizdan 12 foizga tuşirilişi narxlarning tegişli ravişga tuşişiga olib kelmagan. Jumladan, dekabr-yanvar oylaridagi narxlardagi özgariş noyabr-dekabr va yanvar-fevral oylaridagi narxlar özgarişiga nisbatan 0,3 foiz bandga köp bölgan. Bu degani boşqa barça omillar ta’sir kuçini töxtatib turilgan taqdirda ham 2,6 foizga tuşişi kerak bölgan narxlar 0,3 foizga oşgan”, – deyiladi institut xulosasida.
Institut tahlillarida narxlar böyiça ayrim muhim faktlarni ajratib körsatiş mumkin:
- 46 ta guruh böyiça 1115 ta tovar narxi özgarmagan. Masalan bolalar ozuqasi, muzqaymoq, makaron, tana parvarişi mahsulotlari va boşqalar;
- 20 ta guruh böyiça 1306 ta tovar narxi 1 foizgaça oşgan. Bular şokolad, şirinlik, gigiyena mahsulotlari va boşqalar;
- 12 ta guruh böyiça 585 ta tovar narxi 1-5 foizga oşgan. Masalan kir yuviş kukunlari, meva, göşt mahsulotlari, sut va boşqalar;
- 7 ta guruh böyiça 567 ta tovar narxi (1,6% gaça) pasaygan, bular kanselyariya tovarlari, souslar, kofe va boşqalar.
Institut tahlilçilari QQSning tuşirilişi narxlar darajasiga ta’sir etmaganining asosiy sabablari qatoriga quyidagilarni kiritmoqda:
- Iste’mol tovarlari bozorida xufyona iqtisodiyot uluşining kattaligi va soliqlardagi pasayişlar rasmiy işlayotgan firmalarning nisbatan kiçik miqdordagi foyda marjasini oşişiga yönaltirilişi;
- Bozorlarda tegişli ravişda raqobat muhitining şakllanib ulgurmagani;
- Narxlarga ta’sir etuvçi boşqa asosiy omillar (dollar kursi, qayta moliyalaş stavkasi, pul massasi va boşqalar) ta’sir kuçining oşib borişi.
















